{"id":2492,"date":"2019-07-28T21:23:10","date_gmt":"2019-07-28T18:23:10","guid":{"rendered":"http:\/\/manzur.uz\/?p=2492"},"modified":"2020-01-03T21:06:08","modified_gmt":"2020-01-03T18:06:08","slug":"b%d0%b0yburtd%d0%b0gi-d%d0%b0d%d0%b0-qurqurt-q%d0%b0bri-h%d0%b0qiqiymi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/manzur.uz\/?p=2492","title":{"rendered":"Bayburtdagi Dada Qurqut qabri haqiqiymi?"},"content":{"rendered":"<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignleft size-medium wp-image-2493\" src=\"http:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/07\/masat_yaylasi_uluslararasi_solene_ev_sahipligi_yapti-300x156.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"156\" \/>O\u2019rta Osiyo xalqlarining mushtarak asari bo\u2019lmish \u201cKitobi Dada Qurqut\u201d turk dunyosining eng bebaho qadriyatlaridan biridir. Undagi hikoyalar voqealari aniq qaerda sodir bo\u2019lgani ma&#8217;lum emas. Lekin turli manbalarda ularning syujetlari Sirdaryo yaqinidagi Yangikent qal&#8217;asi atrofida, shimoliy-sharqiy Onado\u2019li va Ozarbayjon hududlarida bo\u2019lib o\u2019tgani aytiladi. Bu hikoyalar XV-XVI asrlarda yozma manba holiga keltirilgan. Bu kitobga turk xalqlarning dono faylasufi, mashhur adibi Dada Qurqut ijodi namunalari jamlangan.<br \/>\nTaniqli baxshi, qobiz otasi, buyuk tarixiy shaxs Dada Qurqutdan xalqlarimizga juda boy adabiy hamda musiqiy meros qolgan. Uning shaxsi Markaziy Osiyo xalqlari orasida Qo\u2019rqit bobo, Qurqut ota, Dada Qurqut kabi turlicha nomlar bilan atalib, xotirasi ulug\u2019lanadi. Ushbu afsonaviy avliyosifat zot, turkiy elatlarning milliy qahramoni IX asrda Sirdaryo sohillarida yashab ijod etgan. Manbalarga ko\u2019ra u milliy cholg\u2019uchiligimizning ajralmas bo\u2019lagi bo\u2019lgan qobiz asbobini ilk bor yaratgan bastakordir.<br \/>\nDada Qurqut o\u2019zi yozgan dostonlarga kuy bastalab, og\u2019zaki ijro qilgan, o\u2019lmas tuyg\u2019ularni, inson dardu nolalarini qalblardan qalblarga ko\u2019chirgan. Shu tariqa xalq e&#8217;tiboriga tushgan. Ushbu mumtoz adibning asarlari, hayoti va ijodi haqidagi manbalar qozoq, qoraqalpoq, turkman, ozarbayjon kabi turk xalqlari eposida bugungi kunga qadar saqlanib, tildan-tilga o\u2019tib kelmoqda.<\/p>\n<p><strong><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignleft wp-image-2503 size-medium\" src=\"http:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/07\/bayburt--300x167.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"167\" srcset=\"https:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/07\/bayburt--300x167.jpg 300w, https:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/07\/bayburt-.jpg 540w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/>UMRBOQIYLIK IZL\u0410G\u0410N QURQUT AFSONASI<\/strong><br \/>\nXalq orasida Qurqut ota haqida bir afsona yuradi. Emishki, Qurqut yoshligida inson umri o\u2019tkinchi degan so\u2019zlarga ishonmagan va mudhish o\u2019lim bilan kurashishga bel bog\u2019lagan. Boqiy umr haqidagi fikr-xayollar iskanjasida odamlarni tark etib, tog\u2019u sahrolarga chiqib, boqiy umr sirlarini izlaydi. Biroq qaerga borsa ham o\u2019lim qutqusiga duch kelaveradi. O\u2019rmonga borsa chiriyotgan keksa daraxt unga o\u2019zining tez orada qurib bitishini aytadi. Sahroda o\u2019sib turgan kovul quyoshda qovjirab so\u2019layotganini, hatto bahaybat tog\u2019lar ham yil sayin yemirilib borayotganini so\u2019ylab nola qiladi. Ularning iqrorini tinglagan Qurqut daraxtdan qovuz yo\u2019nib, unga tor ulaydi. Shu asbobda ichki tuyg\u2019ularini kuyga solib qo\u2019shiq aytadi. O\u2019z kuylariga bor qalbini, dildagi barcha dardu sitamlarni jo qiladi. Bu kuylar turkiy qavmlar orasida keng tarqalib, ko\u2019plab odamlarning qalblarini zabt etadi. Mazkur rivoyatning ma&#8217;nosi shuki o\u2019tkinchi dunyodan abadiylik izlagan Qurqut o\u2019z san&#8217;ati bilan boqiy umr topadi.<\/p>\n<p><strong><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignleft size-medium wp-image-2500\" src=\"http:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/07\/2-300x200.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"200\" \/>\u00a0Q\u0410RDOSH XALQL\u0410R \u0410JDODI<\/strong><br \/>\nHozirda barcha turkiy xalqlar Qurqut otani o\u2019z ajdodi deb bilib, mangu yodini ulug\u2019lab kelmoqda. Uning xotirasiga Qozog\u2019istonning Qizilo\u2019rda viloyatida muqaddas maqbara bunyod etilgan. Shuningdek qo\u2019biz timsolida xotira yodgorligi ham o\u2019rnatilgan. Qizilo\u2019rda viloyatidagi universitet va aeroportga Qurqut ota nomi berilgan. 2006 yildan buyon Qozog\u2019istonda \u201cQo\u2019rqit va Buyuk Sahro kuylari\u201d festivali o\u2019tkazib kelinadi.<br \/>\nQurqut otaning yana bir qabri qoraqalpoq qavmining tarixiy vatani Sirdaryoning quyi tomonida Yangikent qal&#8217;asi atrofida joylashgan. Uning hayoti haqida aniq ma&#8217;lumotlar yo\u2019q ammo ko\u2019pchilik manbalarda 95 yosh yashagani aytiladi.<br \/>\nTurkmanistonlik hamkasblarimiz aytishicha buyuk baxshining maqbarasi turkman elida ham mavjud. Unga odamlar qadam ranjida qilib, ulug\u2019 avliyo sifatida sajda qiladi, dardlariga shifo, ezgu niyatlari yo\u2019lida madad so\u2019rashadi, o\u2019g\u2019ilsizga o\u2019g\u2019il, bemorlarga sog\u2019lik tilashadi.<br \/>\nQari momolardan otaning ramziy qabri bizning hududimizda ham bor deb eshitganman. Lekin qayerdaligini aniq bilmayman. Aytishlaricha qalbida qo\u2019rquv borlar, biron narsadan cho\u2019chib, soqov yoki duduq bo\u2019lib qolganlar Quurqut ota hoki poyini ziyorat qilib, sog\u2019lik-omonlik tilashar ekan. Bu buyuk oqinning ismi Qurqut bo\u2019lgani sabablidir ehtimol&#8230;<br \/>\n<strong><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignleft size-medium wp-image-2498\" src=\"http:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/07\/4-300x225.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"225\" \/><\/strong><\/p>\n<p><strong>QURQUT OT\u0410 MEROSI YUNESKO MUHOF\u0410Z\u0410SID\u0410<\/strong><br \/>\nQurqut ota \u2013 shoir, musiqachi, barcha baxshilar ustozidir. U turkiy xalqlar urf-odatlari, e&#8217;tiqodlarini, boshqa xalqlardan o\u2019zgacha jihatlarini, umuman, ijtimoiy xususiyatini yozib qoldirib, bugungi kunga qadar yetkazgan buyuk ijodkordir. Qo\u2019rqit otadan bizning zamonimizgacha yetib kelgan 12 ta dostoni bor. Ularning sakkiztasi ichki va tashqi urushlar to\u2019g\u2019risida. Ikkisi oshiqlar haqida, ikkitasi esa mifologik talqinda berilgan. Hozirga qadar uning \u201cQo\u2019rqit\u201d, \u201cElmoya\u201d, \u201cTarg\u2019il tana\u201d, \u201cElim-oy\u201d, \u201cUcharning ulishi\u201d kabi kuylari saqlanib qolgan.<\/p>\n<p>Qurqut ota asarlari hozirda YuNESKOning muhofaza qilinuvchi nomoddiy madaniy meroslari ro\u2019yxatiga kiritilgan.<br \/>\nTurkiy xalqlarning buyuk shoiri Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiylar Qo\u2019rqit ota o\u2019z davrining iste&#8217;dodli so\u2019z ustasi bo\u2019lganligi bois, uni hurmat ila o\u2019z asarlarida tilga olishgan. \u0410lisher Navoiyning \u00abNasoyim ul-muhabbat\u00bb asarida Dada Qurqut haqida quyidagi jumlalar bor: \u00abQurqut ota Turk ulusi arosida shuhrati andin ortug\u2019roqdurki, shuhratqa ehtiyoji bo\u2019lg\u2019ay. Mashhur mundoqdurki, necha yil o\u2019zidin burunqini, necha yil o\u2019zidin so\u2019nggi kelurni debdurlar\u2026\u00bb<\/p>\n<p><strong><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignleft size-medium wp-image-2499\" src=\"http:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/07\/3-300x225.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"225\" \/>\u00a0XOTIR\u0410 FESTIV\u0410LI<\/strong><br \/>\nTurkiyalik qardoshlarimiz ulug\u2019 ajdodimizni Dada Qurqut deya ulug\u2019lashadi. Biz \u2013 Qozog\u2019iston, Qirg\u2019iziston, Ozarbayjon, Turkmanistonning? O`zbekistonning bir guruh jurnalistlari Turkiyaning Bayburt shahrida 22-28 iyul kunlari bo\u2019lib o\u2019tgan Dada Qurqut xotirasiga bag\u2019ishlangan san&#8217;at festivalida ishtirok etdik. Ushbu safarbarlik Turkiyaning O\u2019zbekistondagi elchixonasi va Bayburt viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.<br \/>\n\u00abDada Qurqut so\u2019zidan va izidan\u00bb shiori ostida o\u2019tkazilgan festivalning birinchi kunida Ozarbayjon, Qozog\u2019iston, Qirg\u2019iziston, Turkmaniston, Moldova, Gruziya va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan adabiyotshunos va tarixchi olimlar ishtirok etishdi. Ular o\u2019z ma&#8217;ruzalarida Dada Qurqutning turk xalqlari eposida tutgan o\u2019rni va ahamiyatiga keng to\u2019xtaldilar. \u0410njumanda ma&#8217;lum qilinishicha hozirgi kunda turk kinematograflari tomonidan \u201cDada Qurqut izidan\u201d nomli badiiy film tasvirga olinmoqda. U keyingi yil tomoshabinlar e&#8217;tiboriga havola etiladi.<br \/>\n<img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignleft size-medium wp-image-2506\" src=\"http:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/07\/24-300x225.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"225\" \/>Dada Qurqut asarlarining 3-qo\u2019lyozmasi muallifi Vali Muhammadning ta&#8217;kidlashicha Dada Qurqut nafaqat turk xalqlari tarixida, balki bugungi va kelgusidagi birligimiz, hamdo\u2019stligimiz rishtalarini mustahkamlashda ham muhim rol o\u2019ynaydi.<br \/>\nBayburt shahri hokimi Hukmu Pekmezchining aytishicha u bolaligida Dada Qurqutning hikoyalarini o\u2019qib, musiqalarini tinglab katta bo\u2019lgan. 25 bor o\u2019tkazilayotgan festivallarda har yili shaxsan ishtirok etgan. 1993 yildan buyon Markaziy Osiyo davlatlarida bo\u2019lib, uning yodgorliklarini ziyorat qilmoqda. Uning fikricha adibning boy merosi turkiy xalqlar o\u2019rtasidagi hamdo\u2019stlik rishtalarini kelgusi avlodlarga qadar yetkazib berishga ham xizmat qiladi.<br \/>\n<strong><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignleft wp-image-2497 size-medium\" src=\"http:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/07\/5-300x225.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"225\" srcset=\"https:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/07\/5-300x225.jpg 300w, https:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/07\/5-768x576.jpg 768w, https:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/07\/5-1024x768.jpg 1024w, https:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/07\/5.jpg 1000w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/>D\u0410D\u0410 QURQUT Q\u0410BRINI ZIYOR\u0410T QILDIK<\/strong><br \/>\n\u0410njumandan so\u2019ng festival qatnashchilari bilan birga Dada Qurqut maqbarasini ziyorat qildik, buyuk bobokalonimiz ruhiga qur&#8217;on tilovat etildi.<\/p>\n<p>Mazkur maqbara so\u2019lim daraxtlar bilan qurshalgan yalanglikda qad rostlagan bo\u2019lib, gavjum ziyoratgohga aylangan. Turkiy xalqlarning barchasi bu shaxsni o\u2019z ajdodi, xalq qahramoni, umri aziz avliyosi deb qadrlab, o\u2019z hududida muqaddas maqbara barpo etgani ehtiromga sazovordir. \u0410mmo Dada Qurqutning haqiqiy qabri qay biri ekanligi hamon sirligicha qolmoqda.<br \/>\nBayburtdagi Dada Qurqut maqbarasini ziyorat qilganimizdan so\u2019ng festivalning asosiy qismi boshlandi. Masat qiriga o\u2019rnatilgan sahnada turk xalqlarining milliy kuy-qo\u2019shiqlari, raqslari ijro etildi. Bayramga taklif qilingan aholi vakillari qadim ko\u2019chmanchi xalqlar an&#8217;analariga sodiq tarzda keng dalaga tikilgan chodirlarda turkman g\u2019oli ustidagi ko\u2019rpacha va bolishlarga yonboshlab folklor dastalari chiqishlarini tomosha qilishdi.<br \/>\nBayramdan so\u2019ng Bayburt hokimi turkiy xalqlar jurnalistlarini bir piyola choyga taklif qildi. Bu davrada Dada Qurqut merosi, jumladan uning \u201cKitobi Dada Qurqut\u201d asari, unda turkiy xalqlar milliy an&#8217;analarining yoritilishi haqida so\u2019z bordi.<\/p>\n<p><strong>QURQUT OT\u0410 HIKM\u0410TL\u0410RI:<\/strong><br \/>\n<strong><em>\u201cQo\u2019noq qo\u2019nmas qora uylar yiqilsa yaxshi\u201d.<\/em><\/strong><br \/>\n<strong><em>\u201cHisobsiz mol yiqqan bilan odam saxiy bo\u2019lolmaydi\u201d.<\/em><\/strong><br \/>\n<strong><em>\u201cHaqni haq demaguncha ishlar o\u2019ngmas\u201d.<\/em><\/strong><br \/>\n<strong><em>\u201cTo\u2019zgan paxta bo\u2019z bo\u2019lmas, qadimiy yov do\u2019st bo\u2019lmas\u201d.<\/em><\/strong><br \/>\n<strong><em>\u201cOtadan yosh qolgan \u2013 aqldan bo\u2019sh qolgan\u201d.<\/em><\/strong><br \/>\n<strong><em>\u201cO\u2019g\u2019il otaning siridir, ikki ko\u2019zining biridir\u201d.<\/em><\/strong><\/p>\n<p>(Bayburt qal&#8217;asi tarixi, arxitektura va madaniy yodgorliklari, , tabiati va sayyohlik salohiyati haqida kelgusidagi maqolalarimizda batafsil hikoya qilamiz).<\/p>\n<p><strong>Manzura BEKJONOV\u0410, tadqiqotchi jurnalist.<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2019tkinchi dunyodan abadiylik izlagan Qurqut o\u2019z san&#8217;ati bilan boqiy umr topdi<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2496,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[6],"tags":[],"views":1945,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/2492"}],"collection":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=2492"}],"version-history":[{"count":6,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/2492\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3745,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/2492\/revisions\/3745"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/2496"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=2492"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=2492"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=2492"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}