{"id":5037,"date":"2020-12-04T15:52:50","date_gmt":"2020-12-04T12:52:50","guid":{"rendered":"http:\/\/manzur.uz\/?p=5037"},"modified":"2020-12-04T15:52:50","modified_gmt":"2020-12-04T12:52:50","slug":"turkiya-madaniyat-shaharchasi-prezident-administratsiyasi-simfonik-orkestri-binosi-foydalanishga-topshirildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/manzur.uz\/?p=5037","title":{"rendered":"&#171;Turkiya madaniyat shaharchasi&#187; prezident administratsiyasi simfonik orkestri binosi foydalanishga topshirildi"},"content":{"rendered":"<p><strong><em><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignleft size-medium wp-image-5038\" src=\"http:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/1H7A9849-300x215.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"215\" \/><\/em><\/strong><strong><em>Albatta, yangi (<\/em><\/strong>SSO<strong><em>) binosi mamlakat hayotiga yangicha madaniyat va san\u02bcat nafasini olib kiradi.<\/em><\/strong><\/p>\n<p>Turkiya umumbashariy san\u02bcat rivojiga katta hissa qo\u2018shayotgan davlatlardan biridir. Bu zaminning hayratga soluvchi tarixiy yodgorliklari, shaharlarining go\u2018zalligi, dinamik atmosferasi va ikki qit\u02bcani birlashtirgan noyob joylashuvi, shuningdek, madaniyat va san\u02bcatga qaratilayotgan katta e\u02bctibor barchada unutilmas hissiyotlar qoldiradi.<\/p>\n<p>Tashkil etilishi 1826 yillarga taalluqli bo\u2018lgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi simfonik orkestrining Anqara shahrida qurilgan yangi binosi, bugun 3 dekabr kuni ochildi. Unda Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo\u2018g\u2018an hamda Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy ishtirok etdi. Simfonik orkestr konsertlari ertaga va indinga ham davom etadi.<\/p>\n<p>Orkestr binosining\u00a0 ochilishida Jami Jon Deliorman boshchiligidagi konsert dasturi namoyish etildi. Unda dunyoga mashhur soprano ovoz sohibi Angela Georgiu, dunyodagi eng yaxshi fortepiano dueti opa-singil Guher va Suher Pekinel hamda dunyoga mashhur pianinochi Idil Biret alohida chiqish qildi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignleft wp-image-5039 size-medium\" src=\"http:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/Angela-Gheorghiu-1-300x200.jpeg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"200\" \/>Arxitektor Semra va O\u2018zjan Uygur juftligi loyihasida ishlab chiqilgan yopiq maydoni 62 547 kvadrat metrga ega bo\u2018lgan yangi binoda: Prezident simfonik orkestri, shuningdek Anqara davlat polifonik musiqalari xori, Anqara Turk Jahon musiqa ansambli, Anqara davlat turk xalq musiqalari xori, Anqara davlat mumtoz turk musiqalari xori va Davlat xalq raqs ansambli faoliyat olib boradi.<\/p>\n<p>Yangi binoda 2023 kishiga mo\u2018ljallangan katta konsert zali, 500 kishilik kichik konsert zali, 10 ming kishini o\u2018ziga sig\u2018diruvchi ochiq konsert maydoni va Prezidenti Administratsiyasi simfonik orkestri muzeyi ham mavjud.<\/p>\n<p>Nafaqat Turkiyada, balki butun dunyoda sanoqli bo\u2018lgan muxtasham konsert zallaridan biri sifatida barpo etilgan Prezident Administratsiyasi simfonik orkestri binosi, Turkiyadagi simfonik orkestr uchun mo\u2018ljallangan ilk bino hisoblanadi. Ushbu bino nafaqat dunyo metropolitenining ko\u2018zga ko\u2018ringan musiqa markazlaridan biri, balki xalqaro ma\u02bcnoda madaniy va badiiy san\u02bcat durdonalarini taqdim etuvchi ijodiy markaz bo\u2018lishi kutilmoqda.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignleft size-medium wp-image-5040\" src=\"http:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/Angela-Gheorghiu-3-300x200.jpeg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"200\" \/>Orkestr binosining ochilishida Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining maxsus mehmoni sifatida turli qardosh davlatlar sanatkorlari va jurnalistlari, shuningdek, ko\u2018plab mahalliy va xorijiy mehmonlar ham ishtirok etdi. Ushbu ochilish marosimida ijtimoiy masofadan tortib, SOVID-19 bilan bog\u2018liq barcha chora-tadbirlarga qat\u02bciyan rioya qilindi.<\/p>\n<p>Prezident Administratsiyasi simfonik orkestriga mezbonlik qiladigan \u00abKatta zal\u00bb, \u00abMoviy zal\u00bb va \u00abTarixiy SSO zali\u00bb joylashgan madaniyat va san\u02bcat markazi butun yil davomida mumtoz musiqadan tortib an\u02bcanaviy musiqagacha, jahon musiqasidan tortib, zamonaviy musiqagacha ko\u2018plab boy asarlar bilan dunyoning turli burchaklaridagi san\u02bcat ixlosmandlari uchun o\u2018z eshiklarini ochadi.<\/p>\n<p><strong><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignleft size-medium wp-image-5041\" src=\"http:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/Cemi\u2019i-Can-Deliorman-2-300x197.jpeg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"197\" \/>Pandemiya davrida Turkiyada madaniyat va san\u02bcat<\/strong><\/p>\n<p>Turkiya pandemiya davrida madaniyat va san\u02bcat yo\u2018nalishida ham qat\u02bciy chora-tadbirlar joriy etildi. Bular qatorida madaniyat va san\u02bcat sohasida faoliyat yurituvchi muassasalar: kino, teatr, bosma matbuot, kitoblar, jurnallar, davriy nashrlar va tashkilotlar, shu jumladan korxonalarda pandemiya sharoitida xodimlar va muxlislar xavfsizliklari ta\u02bcminlandi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Deyarli 2 asrlik tarixga ega dunyodagi eng qadimgi orkestrlardan biri bo\u2018lgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi simfonik orkestri (SSO) joriy yil 3 dekabr kuni\u00a0o\u2018zining yangi binosi ochilishida muhtasham gala-konsertini namoyish etdi. <\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5042,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[899,5],"tags":[],"views":1368,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/5037"}],"collection":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=5037"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/5037\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5043,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/5037\/revisions\/5043"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/5042"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=5037"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=5037"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=5037"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}