{"id":5147,"date":"2020-12-21T14:16:15","date_gmt":"2020-12-21T11:16:15","guid":{"rendered":"http:\/\/manzur.uz\/?p=5147"},"modified":"2021-01-21T18:56:55","modified_gmt":"2021-01-21T15:56:55","slug":"unutmoq-osonmas-sizlarni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/manzur.uz\/?p=5147","title":{"rendered":"\u201cUnutmoq osonmas sizlarni&#8230;\u201d"},"content":{"rendered":"<div class=\"content mb-20\">\n<p>Afsuski, 2020-yilda har qachongidan ham yo\u02bbqotishlar, judoliklar ko\u02bbp bo\u02bbldi. Kimdir yaqinidan, kimdir do\u02bbstidan, kimdir ustozidan, yana kimdir dilbandidan ayrildi. Avvallari, ajal, peshona deyish, jim fotiha tortish bilan cheklansak, bu yil dunyoni vahimaga solgan virusning \u201ckuch\u201didan dahshatga tushdik, kunlar, oylar davomida ko\u02bbrinmas balo bilan kurashdik.<\/p>\n<p>\u201cXalq so\u02bbzi\u201d nashrida bu yil \u201cvafot etdi\u201d, \u201cjudolikka uchradi\u201d mazmunidagi xabarlar deyarli har xafta chop etildi. OAV, ijtimoiy tarmoqlar ta\u02bcziyanomolar, xotiralar, marhumlar haqidagi iliq fikrlar bilan \u201cto\u02bblib-toshdi\u201d. Bugun, Yangi yil arafasida yil davomida vafot etgan taniqli san\u02bcatkorlar, olimlar, shoir, yozuvchilarni yana bir bor eslab, yil yo\u02bbqotishlariga nazar solsak.<\/p>\n<p><strong>Aida Yunusova<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/76d4ce7c9dd481cffc9b9d466429ef7e1220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"500\" \/><\/p>\n<p>Yilning birinchi oyida, 21-yanvar kuni taniqli aktrisa, O\u02bbzbekistonda xizmat ko\u02bbrsatgan artist Aida Yunusova 72 yoshda olamdan ko\u02bbz yumgani haqida\u00a0xabarlar tarqaldi.<\/p>\n<p>Aida Yunusova 1948-yilda Farg\u02bbona viloyati Marg\u02bbilon shahrida tug\u02bbilgan. Aktrisa o\u02bbzbek tomoshabinlari yodida \u201cAjoyib xayolparast\u201d, \u201cChinor ostidagi duel\u201d, \u201cOlovli yo\u02bbllar\u201d, \u201cOltin kuz\u201d, \u201cMehrigiyo\u201d, \u201cZulmatni tark etib\u201d, \u201cKarvon\u201d, \u201cAnor\u201d, \u201cBirinchi yo\u02bblovchilar\u201d kartinalaridagi rollari orqali mangu qoladi. Aktrisa umrining oxirgi vaqtlarida og\u02bbir xastalikni boshdan kechirgandi.<\/p>\n<p><strong>G\u02bbaybulla Hojiyev<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/0e1f28c39c9a6d1088848775a97f341c1220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"482\" \/><\/p>\n<p>2020-yilning 26-fevral kuni\u00a0O\u02bbzbek dublyajining eng yorqin vakillaridan biri, O\u02bbzbekistonda xizmat ko\u02bbrsatgan artist G\u02bbaybulla Hojiyev 64 yoshida olamdan o\u02bbtdi.<\/p>\n<p>Aktyor shoir Azim Suyunning \u201cSarbadorlar\u201d asarida Abu Bakr Kalaviy, Abdulla Oripovning \u201cSohibqiron\u201d asarida Xoja Ahmad Yassaviy, Abdulla Qodiriyning \u201cMehrobdan chayon\u201d spektaklida Solih maxdum, Ibrohim Sodiqovning \u201cAfandining besh xotini\u201d spektaklida Afandi, Hayitmat Rasulning \u201cPiri koinot\u201d spektaklida Ahmad Farg\u02bboniy, Shekspirning \u201cQirol Lir\u201d asarida graf Gloster, Aleksandr Kosanoning \u201cYetti faryod\u201d spektaklida Sabalo kabi o\u02bbnlab rang-barang rollar ijro etgan.<\/p>\n<p>Og\u02bbir xastalik tufayli teatrdan ketishga majbur bo\u02bblgan. Ammo, ijoddan to\u02bbxtamay, turli tele va radio loyihalarda muntazam ishtirok etgan.<\/p>\n<p>G\u02bbaybulla Hojiyev \u201cUqubat\u201d, \u201cShabbona\u201d, \u201cUmid\u201d, \u201cOqpadar\u201d kabi ko\u02bbplab filmlarda turli rollarni ijro etgan, Aktyor \u201cShaytanat\u201d teleserialida Ahmadbey rolini o\u02bbynagan.<\/p>\n<p><strong>Azim Suyun<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/0669f042dab03f77d1816fd13ea513db1220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"515\" \/><\/p>\n<p>2020-yilning\u00a09-mart kuni xalqimizning ardoqli shoiri, O\u02bbzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a\u02bczosi, O\u02bbzbekistonda xizmat ko\u02bbrsatgan madaniyat xodimi, qator gazetalar, shu jumladan, bizning \u201cXalq so\u02bbzi\u201d gazetamizda ham faoliyat yuritgan Azim Suyun olamdan o\u02bbtdi.<\/p>\n<p>Azim Suyun (Azimboy Alimovich Suyunov) \u2014 1948-yil Samarqand viloyatiga qarashli Nakurt qishlog\u02bbida tug\u02bbilgan. 1977-yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O\u02bbzMU)ning jurnalistika fakultetini bitirdi. \u201cToshkent universiteti\u201c gazetasida adabiy xodim, G\u02bbafur G\u02bbulom nomidagi adabiyot va san\u02bcat nashriyotida muharrir bo\u02bblib ishladi.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston Matbuot Davlat qo\u02bbmitasida adabiy maslahatchi, O\u02bbzbekiston Yozuvchilar uyushmasida mas\u02bcul kotib, \u201cXalq so\u02bbzi\u201c gazetasida bo\u02bblim muharriri, 1993-2002-yillarda \u201cO\u02bbzbekiston ovozi\u201c va \u201cGolos Uzbekistana\u201c gazetalarining Bosh muharriri vazifalarida xizmat qildi. Ijodkor butunjahon shoirlar kongressi a\u02bczosi bo\u02bbldi.<\/p>\n<p><strong>Oybarchin Bakirova<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/7997c5c82eea62eb7f4bdd68c3ae69861220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"500\" \/><\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirova 20-mart kuni 70 yoshida olamdan o\u02bbtdi.<\/p>\n<p>Aktrisa o\u02bbz faoliyatini 1971-yilda \u201cO\u02bbzbekfilm\u201d kinostudiyasida boshlagan. U \u201cTangalik bolalar\u201d, \u201cArmon\u201d, \u201cO\u02bbyin\u201d va \u201cFarzandim\u201d kabi o\u02bbnlab filmlarda turli obrazlarni yaratgan. Oybarchin Bakirova tomoshabinlarga nafaqat kinoaktrisa balki dublyaj sohasidagi faoliyati orqali ham juda yaxshi tanish. U bugungacha yuzdan oshiq kino va multfilm qahramonlariga ovoz bergan.<\/p>\n<p><strong>Ravshan Yo\u02bbldoshev<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/044015c6c5fabe5a2a4dccdca2fe08fc1220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"499\" \/><\/p>\n<p>\u201cTarona records\u201d kompaniyasi ta\u02bcsischisi, shou-biznesda taniqli bo\u02bblgan tadbirkor Ravshan Yo\u02bbldoshev 30-mart kuni kechqurun Toshkentda\u00a0vafot etdi.\u00a0Uning yurak xurujidan olamdan o\u02bbtgani aytildi.<\/p>\n<p>Ravshan Yo\u02bbldoshev 1961-yili 2-aprelda tug\u02bbilgan. Faoliyati davomida \u201cTarona records\u201d\u00a0<strong>leybelini<\/strong>\u00a0tashkil etib, san\u02bcatkorlar orasida nom qozongan edi.<\/p>\n<p><strong>Anvar Obidjon<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/ef5a1286d89a0450e8846ed2327ac53f1220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"469\" \/><\/p>\n<p>Joriy yilning 11-aprel kuni O\u02bbzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati noxush bir xabar tarqatdi. U O\u02bbzbekiston xalq shoiri, sevimli bolalar adibi, o\u02bbzbek adabiyotining ko\u02bbzga ko\u02bbringan namoyandalaridan biri Anvar Obidjon 73 yoshida hayotdan\u00a0ko\u02bbz yumgani haqida.<\/p>\n<p>Anvar Obidjon 1947-yil 8-yanvarda Farg\u02bbona viloyatining Oltiariq tumanidagi Poloson qishlog\u02bbida tug\u02bbilgan.<\/p>\n<p>U \u201cOna yer\u201c, \u201cEy, Yorug\u02bb dunyo\u201c, \u201cOlovjon va uning do\u02bbstlari\u201c, \u201cBezgakshamol\u201c, \u201cAkang qarag\u02bbay Gulmat\u201c, \u201cMasxaraboz bola\u201c, \u201cJuda qiziq voqea\u201c, \u201cYerliklar\u201c, \u201cMeshpolvonning janglari\u201c, \u201cAlamazon va Gulmat hangomasi\u201c, \u201cAjoyibxona\u201c, \u201cOltiariq hangomalari\u201c, \u201cOdobli bo\u02bblish osonmi?\u201c, \u201cTanlangan she\u02bcrlar\u201c, \u201cO\u02bbg\u02bbirlangan pahlavon\u201c, \u201cBahromning hikoyasi\u201c kabi doston, qissalar, she\u02bcrlar, pyesalar va hajviy asarlardan iborat to\u02bbplamlar muallifidir.<\/p>\n<p><strong>Hoshim Arslonov<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/6ce2373c1078f1b41af16b82d13d75521220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"500\" \/><\/p>\n<p>2020-yilning\u00a029-may kuni ham o\u02bbzbek san\u02bcatida og\u02bbir judolik olib keldi. Shu kuni\u00a0O\u02bbzbekistonda xizmat ko\u02bbrsatgan artist, dublyaj ustasi, taniqli aktyor Hoshim Arslonov 64 yoshida olamdan o\u02bbtdi.<\/p>\n<p>Hoshim Arslonov 1956-yil 1 Avgust kuni Chust shahrida tug\u02bbilgan. 1977-yilda Toshkent teatr va rassomchilik san\u02bcati institutini tugatgan. 1977-yildan 2017-yilgacha O\u02bbzbekiston Davlat drama teatrida faoliyat yuritgan.<\/p>\n<p>Faoliyati davomida turli spektakllar, film va seriallarda turli rollarni ijro etgan. \u201cUyg\u02bbonish\u201d, \u201cMarg\u02bbiyona\u201d, \u201cOtamdan qolgan dalalar\u201d, \u201cAlpomish\u201d, \u201cXo\u02bbja Nasriddin: o\u02bbyin boshlandi\u201d, \u201cAprel-May\u201d, \u201cChavandoz\u201d, \u201cSo\u02bbzsiz sevgi\u201d, \u201cDinozavr qoldirgan iz\u201d, \u201cYorim-beozorim\u201d, \u201cHaqiqat kuni\u201d, \u201cQasos\u201d, \u201cMening akam bo\u02bbydoq\u201d, \u201cSo\u02bbnggi qo\u02bbng\u02bbiroq\u201d, \u201cSingilginam\u201d, \u201cXiyonat\u201d, \u201cEndi dadam bo\u02bbydoq\u201d, \u201cIjarachilar\u201d kabilar shular jumlasidandir.<\/p>\n<p><strong>Bekjon Toshmuhamedov<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/ed72b436565b8a22fdf92393c5c1ce891220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"525\" \/><\/p>\n<p>2020-yil iyun oyida O\u02bbzbekiston ilm-fani og\u02bbir judolikka uchradi. Taniqli olim, biofizika fanining O\u02bbzbekistondagi asoschilaridan biri, akademik Bekjon Toshmuhamedov 85 yoshida vafot etdi.<\/p>\n<p>B. Toshmuhamedov biofizika, hujayra fiziologiyasi va tabiatni muhofaza qilish bo\u02bbyicha yirik tadqiqotchi sifatida tanilgan olim edi.<\/p>\n<p>B. Toshmuhamedov AQSH, Angliya, Germaniya, Fransiya, Shvetsiya, Daniya kabi mamlakatlarning bir necha xalqaro ilmiy markaz va akademiyalarining faxriy a\u02bczosi edi.<\/p>\n<p>Olim vafoti munosabati bilan davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ham\u00a0ta\u02bcziya bildirdi.<\/p>\n<p><strong>Mahmudjon Tojiboyev<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/a1b6f2355dd0928aa9faacf50ecbcd911220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"486\" \/><\/p>\n<p>Maqom ilmi va san\u02bcatini puxta egallagan ijodkor, O\u02bbzbekiston xalq hofizi, \u201cMehnat shuhrati\u201d ordeni sohibi, O\u02bbzbekiston davlat konservatoriyasi professori, O\u02bbzbek milliy maqom san\u02bcati markazi ilmiy xodimi Mahmudjon Tojiboyev joriy yilning iyul oyida, 63 yoshida\u00a0olamdan o\u02bbtdi.<\/p>\n<p>Mahmudjon Tojiboyev 1957-yilda Farg\u02bbona viloyati Quva tumanida tug\u02bbilgan.<\/p>\n<p>Ijodkor repertuaridan Shashmaqom (\u201cSaraxbori Navo\u201d, \u201cSaraxbori Dugoh\u201d, \u201cMo\u02bbg\u02bbulchai Segoh\u201d, \u201cNavro\u02bbzi Sabo\u201d, \u201cNimcho\u02bbponiy\u201d va boshqalar) va Farg\u02bbona-Toshkent maqom yo\u02bbllari (\u201cDugoh\u201d, \u201cChorgoh\u201d, \u201cUshshoq\u201d, \u201cShahnozi Gulyor\u201d, \u201cBayot\u201d va boshqalar), katta ashula (\u201cYovvoyi Chorgoh\u201d, \u201cYolg\u02bbiz\u201d, \u201cEy dilbari jononim\u201d kabi), mumtoz (\u201cTopmadim\u201d, \u201cAsiriy\u201d va \u00ab<strong>Ldoiy<\/strong>\u00bb, \u201cChorzarb\u201d, \u201cBozurgoniy\u201d) o\u02bbrin olgan.<\/p>\n<p>Marhum Mahmudjon Tojiboyev shoirnafas hofiz sifatida ijro uslubi vazminligi, lirikaga moyilligi, ovoz va cholg\u02bbu mutanosibligi bilan ajralib turgan.<\/p>\n<p><strong>Abduraim Abduvahobov<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/76cfec8856616ad5befe3e330e721d961220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"500\" \/><\/p>\n<p>14-iyul kuni xalqimiz yana bir noxush xabar eshitdi, shu kunda u o\u02bbzining sevimli farzandi, erka \u201cshum bola\u201dsidan ayrildi. O\u02bbzbek milliy akademik drama teatri aktyori, O\u02bbzbekistonda xizmat ko\u02bbrsatgan artist Abduraim Abduvahobov 57 yoshida\u00a0vafot etdi.<\/p>\n<p>Abduraim Abduvahobov 1963-yil 8-avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Marhum aktyor tomoshabinlar yodida \u201cShumbola\u201d, \u201cSuyunchi\u201d, \u201cMuhabbat sinovlari\u201d, \u201c18-kvadrad\u201d, \u201cFiribgar\u201d, \u201cOsiy banda\u201d, \u201cPoyga\u201d, \u201cBevalar\u201d, \u201cSo\u02bbnggi nafasimgacha\u201d, \u201cShaytanat\u201d, \u201cNazira\u201d kabi film va seriallardagi hamda o\u02bbnlab spektakllardagi ajoyib rollari bilan abadiy muhrlanib qoldi.<\/p>\n<p><strong>Ruslan Sharipov<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/f3e1bb74b483da496f0f691a59a0b23d1220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"422\" \/><\/p>\n<p>San\u02bcat muxlislari Abduraim Abduvahobov vafotidan qayg\u02bbuga tushgan kunlarda, aktyor vafotidan bor yo\u02bbg\u02bbi 4 kun o\u02bbtib yana bir taniqli san\u02bcatkor O\u02bbzbekistonda xizmat ko\u02bbrsatgan artist Ruslan Sharipov 54 yoshda vafot etgani haqidagi\u00a0<a href=\"http:\/\/xs.uz\/uzkr\/post\/ozbekistonda-hizmat-korsatgan-artist-ruslan-sharipov-54-yoshda-vafot-etdi\">xabarlar tarqaldi.<\/a><\/p>\n<p>Ko\u02bbpgina san\u02bcatkorlarning ustozi, san\u02bcat olamiga kirishiga sababchi bo\u02bblgan Ruslan Sharipov \u201cBolalar\u201d, \u201cSetora\u201d, \u201cBayt\u201d guruhlarini tashkil qilgan edi.<\/p>\n<p><strong>Anvar Kenjayev<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/fb08be0b9c207e573431c621722217721220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"439\" \/><\/p>\n<p>Xuddi shu kuni, ya\u02bcni 2020-yilning 18-iyul kuni sevimli aktyorlarimizdan biri, \u201cO\u02bbzbekiston xizmat ko\u02bbrsatgan artist\u201d Anvar Kenjayev olamdan o`tdi.<\/p>\n<p>Anvar Kenjayev faoliyati davomida \u201cEndi dadam bo\u02bbydoq\u201d, \u201cSardor\u201d, \u201cUchar otlar\u201d, \u201cTa\u02bczidagi to\u02bby\u201d, \u201cAda emas, dada\u201d, \u201cOydinoy\u201d, \u201cSuv yoqalab\u201d, \u201cYo\u02bbqolgan odam\u201d kabi filmlarda mahoratli rollar ijro etgan.<\/p>\n<p><strong>Shukrullo<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/e7b84193ff575a2fa8bc1211a244eaa01220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"500\" \/><\/p>\n<p>Oradan bir kun o\u02bbtib, 19-iyul kuni O\u02bbzbekiston xalq shoiri Shukrullo domla\u00a0olamdan o\u02bbtdi.<\/p>\n<p>Uning qariyb sakson yillik ijodiy faoliyati davomida yaratilgan \u201cHayot ilhomlari\u201d, \u201cUmrim boricha\u201d, \u201cInson va yaxshilik\u201d, \u201cZarralar\u201d, \u201cInson \u2013 inson uchun\u201d, \u201cSuyanchiq\u201d, \u201cYashagim keladi\u201d, \u201cSening baxting\u201d, \u201cBahor sovg\u02bbasi\u201d, \u201cYulduzlar\u201d kabi she\u02bcriy to\u02bbplamlari, \u201cChollar\u201d, \u201cIkki qoya\u201d, \u201c26-togotar\u201d dostonlari, \u201cJavohirlar sandig\u02bbi\u201d nasriy kitobi adabiyotimiz xazinasidan mustahkam o\u02bbrin egalladi. Erkka tashna, mutelikdan nari shoir o\u02bbzbek kitobxonlari qalbidan chuqur joy egallagan, asarlari orqali adabiyotda o\u02bbziga tiriklayin haykal qo\u02bbya olgan ijodkor\u00a0 edi.<\/p>\n<p>Adib o\u02bbtgan asrning elliginchi yillari boshida bir guruh ziyolilarimiz qatorida siyosiy qatag\u02bbonga uchradi. Keyinchalik nomi va ijodi to\u02bbla oqlanib, adabiyotimiz rivoji yo\u02bblida faol ijod qildi. Yozuvchi \u201cKafansiz ko\u02bbmilganlar\u201d romanida ana shu davrda xalqimiz boshiga tushgan og\u02bbir sinov va adolatsizliklarni hayotiy misollar asosida haqqoniy tasvirladi.<\/p>\n<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev shoir vafoti munosabati bilan ta\u02bcziya\u00a0bildirdi.<\/p>\n<p><strong>Dilbar Ikromova<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/a175784054ba2734fc8b5e3ac27a564b1220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"367\" \/><\/p>\n<p>Avgust oyi ham san\u02bcatimiz, madaniyatimiz uchun og\u02bbir judoliklar olib keldi. O\u02bbzbekiston xalq artisti, o\u02bbzbekning \u201cSotti\u201dsi aktrisa Dilbar Ikromova, 25-avgust kuni 73 yoshida\u00a0olamdan o\u02bbtdi.<\/p>\n<p>Aktrisa koronavirus-pnevmoniya xastaligidan davolanayotgan edi.<\/p>\n<p>Marhum Dilbar Ikromova \u201cKelinlar qo\u02bbzg\u02bbaloni\u201d, \u201cChimildiq\u201d, \u201cDev bilan pakana\u201d, \u201cDevona\u201d, \u201cAfg\u02bbon\u201d, \u201cOyqiz ertagi\u201d kabi juda ko\u02bbplab filmlarda bir-biridan qiziqarli bo\u02bblgan turli rollarni mahorat bilan ijro etgan.<\/p>\n<p>Uning ayniqsa, \u201cKelinlar qo\u02bbzg\u02bbaloni\u201d filmidagi Sotti roli bilan barchaning qalbidan chuqur joy egallagan.<\/p>\n<p><strong>Fatxulla Ma\u02bcsudov<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/d3911d781bfdac0f5589696dd80223e51220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"520\" \/><\/p>\n<p>Dilbar Ikromova vafotidan 5 kun o\u02bbtib, Madaniyat vazirligi O\u02bbzbek milliy akademik drama teatri direktori, O\u02bbzbekistonda xizmat ko\u02bbrsatgan artist Fatxulla Ma\u02bcsudov vafot etgani haqidagi qayg\u02bbuli xabar tarqatdi.<\/p>\n<p>Aktiyor 57 yoshida, ayni ijodiy kamolotga yetgan vaqtida bu dunyoni\u00a0tark etdi.\u00a0Ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra, Fatxulla Ma\u02bcsudov koronavirusdan davolanayotgan edi.<\/p>\n<p><strong>G\u02bbulomqodir Sobirov<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/864083f84199a4008d301c948f11332c1220.jpg\" alt=\"\" width=\"512\" height=\"498\" \/><\/p>\n<p>\u201cTemir xotin\u201dda Olim roli bilan o\u02bbzbek tomoshabinlariga yaxshi tanish bo\u02bblgan aktyor G\u02bbulomqodir Sobirov 2020-yilning 1-sentyabr kuni 65 yoshida\u00a0vafot etdi.<\/p>\n<p>Ijodiy faoliyati davomida o\u02bbnlab rollarni maromiga yetkazib ijro etgan G\u02bbulomqodir Sobirov mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligi arfasida Prezidentimiz Farmoniga ko\u02bbra \u201cDo\u02bbstlik\u201d ordeni bilan taqdirlangan edi.<\/p>\n<p><strong>Asil Rashidov<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/3eb20d97a0406863ddb9ff8a35d9aeb91220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"496\" \/><\/p>\n<p><strong>Sentyabr oyida O\u02bbzbekiston oliy ta\u02bclim tizimi hamda o\u02bbzbek adabiyoti ham og\u02bbir judolikni boshdan kechirdi. O\u02bbzbekiston Respublikasi san\u02bcat arbobi, taniqli pedagog olim, adabiyotshunos va tarjimon Asil Rashidov shu yil 15-sentyabr kuni 90 yoshida\u00a0vafot etdi.<\/strong><\/p>\n<p>Asil Rashidov 1930-yili Jizzax tumanining Sovungarlik qishlog\u02bbida tug\u02bbildi.<\/p>\n<p>Marhum olim o\u02bbz faoliyati davomida \u201cInson va mehnat madhi\u201d, \u201cSo\u02bbnmas yulduzlar\u201d, \u201cAsrga tengdosh maktab\u201d, \u201cLesya Ukrainka\u201d, \u201cChiniqish maktabi\u201d singari ko\u02bbplab ilmiy-ommabop asarlar yaratdi.<\/p>\n<p>Asil Rashidov badiiy tarjima sohasida o\u02bbziga xos ijodiy maktab yaratgan hassos so\u02bbz san\u02bcatkori edi. U mashhur qirg\u02bbiz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning \u201cYuzma-yuz\u201d, \u201cJamila\u201d, \u201cBo\u02bbtako\u02bbz\u201d, \u201cSarvqomat dilbarim\u201d, \u201cAlvido, Gulsari!\u201d, \u201cSomon yo\u02bbli\u201d, \u201cOq kema\u201d, \u201cErta kelgan turnalar\u201d, \u201cSohil bo\u02bbylab chopayotgan olapar\u201d, \u201cAsrni qaritgan kun\u201d singari betakror asarlarini o\u02bbzbek tiliga beqiyos mahorat bilan o\u02bbgirgan.<\/p>\n<p><strong>Shuhrat Qayumov<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/715886de78acce52863bb64b32c1d7891220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"485\" \/><\/p>\n<p>Sentyabr oyining 22-kunida O\u02bbzbekistonda xizmat ko\u02bbrsatgan artist, O\u02bbzbekiston televideniyesining oliy toifali suxandoni, taniqli qo\u02bbshiqchi Shuhrat Qayumov bugun 51 yoshida\u00a0vafot etdi.<\/p>\n<p>Xonanda 1969-yilda Qirg\u02bbizistonning O\u02bbsh shahrida tavallud topgan. 1991-yilda O\u02bbzbekiston davlat san\u02bcat institutini tamomlagan.<\/p>\n<p>Shuhrat Qayumov uzoq yillar \u201cO\u02bbzbekiston\u201d teleradiokanalida \u201cAssalom O\u02bbzbekiston\u201d, \u201cOhangrabo\u201d kabi ko\u02bbrsatuvlarini tayyorlagan.<\/p>\n<p>Shuhrat Qayumov o\u02bbzining sermazmun, diltortar taronalari bilan ham o\u02bbzbek tomoshabinlari qalbidan chuqur joy olgan san\u02bcatkor edi.<\/p>\n<p><strong>Shomurod Baxshi<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/d033e164527dc26c2318c0338dd44a881220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"501\" \/><\/p>\n<p>Shu yilning 24-sentyabr kuni O\u02bbzbekiston xalq baxshisi Maxmanov Shomurod Tog\u02bbayevich (Shomurod Baxshi) vafot etgani haqidagi xabarlar\u00a0tarqaldi.<\/p>\n<p>Maxmanov Shomurod Tog\u02bbayevich 1932-yil 3-mart kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining Arabbandi qishlog\u02bbida tavallud topgan.<\/p>\n<p>2000-yil \u201cO\u02bbzbekiston xalq baxshisi\u201d unvoni bilan taqdirlangan.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston xalq baxshisi Maxmanov Shomurod Tog\u02bbayevich 88 yoshida vafot etdi.<\/p>\n<p><strong>To\u02bbra Mirzayev<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/33ebde2b60776c8fc88a58a754a837a51220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"555\" \/><\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, O\u02bbzbekistonda xizmat ko\u02bbrsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor, O\u02bbzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a\u02bczosi To\u02bbra Mirzayev 2020-yilning 29-sentyabr kuni\u00a0olamdan o\u02bbtdi.<\/p>\n<p>To\u02bbra Mirzayev \u2013 1936-yil 6-martda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug\u02bbilgan. Uning 600 dan ortiq ilmiy, uslubiy, ilmiy-ommabop ishi e\u02bclon qilingan. Ulardan 5 tasi monografiya, 5 tasi darslik va o\u02bbquv qo\u02bbllanma, 45 tasi kitob va folklor to\u02bbplamdir. Olimning kitob va maqolalari Rossiya, Germaniya, Turkiya, Tojikiston, Qozog\u02bbiston, Turkmaniston kabi ko\u02bbplab mamlakatlarda nashr etilgan.<\/p>\n<p><strong>To\u02bbxtamurod ota Zufarov<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/1fdd5a3132973b35b80a8a2ce6b1ee2d1220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"422\" \/><\/p>\n<p>Adabiyotshunos olim, usta sozgar, hattot, filologiya fanlari nomzodi, O\u02bbzbekistonda xizmat ko\u02bbrsatgan madaniyat xodimi To\u02bbxtamurod ota Zufarov, 6-oktyabr kuni 84 yoshida\u00a0olamdan o\u02bbtdi.<\/p>\n<p>To\u02bbxtamurod ota Zufarov so\u02bbnggi yillarda \u201cMahalla\u201d telekanali tomonidan efirga uzatib kelinayotgan \u201cOtalar so\u02bbzi \u2013 aqlning ko\u02bbzi\u201d, \u201cOtalar so\u02bbzi \u2013 aqlning ko\u02bbzi\u201d pochtasidan\u201d ko\u02bbrsatuvlaridagi pandu nasihatlari orqali ham xalqimiz ko\u02bbnglidan chuqur joy olgandi.<\/p>\n<p>1936-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan To\u02bbxtamurod ota Zufarov serqirra faoliyati davomida adabiyotshunoslik, xattotlik va musiqa madaniyatimizga oid boy meros qoldirib ketdi.<\/p>\n<p><strong>Sa\u02bcdulla Hakimov<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/cae60ebc7707738e61cb5acb5730946d1220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"500\" \/><\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa\u02bcdulla Hakimov 2020-yilning 11-oktyabr kuni\u00a0vafot etdi.<\/p>\n<p>Marhum S. Hakimov 1951-yil 25-martda Jizzax viloyatining Forish tumanida tug\u02bbilgan.<\/p>\n<p>Sa\u02bcdulla Hakkimov \u201cMa\u02bcrifat\u201d gazetasi bosh muharriri, O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Axborot markazi rahbarining o\u02bbrinbosari, rahbari, O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining Jamoatchilik bilan aloqalar bo\u02bbyicha Davlat maslahatchisi o\u02bbrinbosari, O\u02bbzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining o\u02bbrinbosari, \u201cTurkiston-press\u201d nodavlat axborot agentligi bosh direktori, \u201cO\u02bbzbekiston adabiyoti va san\u02bcati\u201d gazetasi bosh muharriri kabi bir qancha lavozimlarda ishlagan.<\/p>\n<p>Marhum 2016-yilning 29-dekabridan O\u02bbzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi lavozimida ishlayotgan edi.<\/p>\n<p><strong>Shayx Alouddin Mansur<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/b9a4790fb304637408b8120f4b3da08f1220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"495\" \/><\/p>\n<p>Joriy yilning 13-oktyabr kuni o\u02bbzbek OAV, ijtimoiy tarmoqlar Shayx Alouddin Mansur hazratlari vafot etgani haqidagi xabarlar bilan\u00a0to\u02bblib-toshdi. Boisi Shayx Alouddin Mansur hazratlari Qur\u02bconi karim ma\u02bcnolarining o\u02bbzbekcha izohli tarjimasini tayyorlashdek ulkan vazifani sharaf bilan ado etgan edilar.<\/p>\n<p>Ushbu kitob 1991-1993-yillarda \u201cSharq yulduzi\u201d jurnalida, keyin G\u02bbafur G\u02bbulom va \u201cCho\u02bblpon\u201d nashriyotlarida chop etilgan edi.<\/p>\n<p><strong>\u201cEvril Turon\u201d<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/4a82b7f2ec581564c4adada0de1900da1220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"500\" \/><\/p>\n<p>2020-yilning\u00a016-oktyabr kuni yozuvchilar uyushmasi a\u02bczosi, yozuvchi Mamadali Mahmudov (Evril Turon) olamdan o\u02bbtdi.<\/p>\n<p>Evril Turon taxallusi bilan ijod qilgan Mamadali Mahmudov \u201cBu tog\u02bblar ulug\u02bb tog\u02bblar\u201d, \u201cBo\u02bbz bo\u02bbri\u201d, \u201cO\u02bblmas qoyalar\u201d, \u201cTumanli kunlar\u201d va \u201cOy nuri\u201d kabi asarlar muallifi hisoblanadi.<\/p>\n<p>Mamadali Mahmudov umrining 17 yilini siyosiy mahbus sifatida qamoqda o\u02bbtkazgan va 2013-yilning aprel oyida ozodlikka chiqarilgan. 2018-yil noyabr oyida u Yozuvchilar uyushmasining a\u02bczoligiga tiklangan edi.<\/p>\n<p><strong>Ikrom O\u02bbtbosarov<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/90c5ff4ef7338ad9a39642ee27ee8e081220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"1100\" \/><\/p>\n<p>Yo\u02bbqotishlar bizning jamoamizni ham chetlab o\u02bbtmadi, afsuski. O\u02bbzbekiston Respublikasida xizmat ko\u02bbrsatgan jurnalist, 1991-yildan buyon \u201cXalq so\u02bbzi\u201d gazetasida faoliyat yuritib kelgan ustoz ijodkor Ikrom O\u02bbtbosarov 22-oktyabr kuni, 72 yoshida\u00a0vafot etdi.<\/p>\n<p>U kishining nomi respublikamiz ijod ahli orasida yuksak ehtirom bilan tilga olinadi.<\/p>\n<p>Ustoz jurnalist ko\u02bbplab publitsistik maqolalar, ocherklar bilan birgalikda \u201cCho\u02bbqqilarga eltuvchi yo\u02bbllar\u201d va \u201cVatanda safar qil&#8230;\u201d kitoblari muallifi hamdir.<\/p>\n<p><strong>Omon Matjon<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/89975b7630df75b68d20fb5b2b3c521f1220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"500\" \/><\/p>\n<p>2020-yilning 28-oktyabridan 29-oktyabriga o\u02bbtar kechasi O\u02bbzbekiston xalq shoiri, O\u02bbzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a\u02bczosi, o\u02bbzbek adabiyotining yana bir azim chinori quladi. Shoir Omon Matjon 77 yoshida Toshkent shahrida\u00a0vafot etdi.<\/p>\n<p>Omon Matjon 1943-yili Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tavallud topgan.<\/p>\n<p>Shoirning \u201cOchiq derazalar\u201d, \u201cKarvon qo\u02bbng\u02bbirog\u02bbi\u201d, \u201cQuyosh soati\u201d, \u201cDramatik dostonlar\u201d, \u201cYonayotgan daraxt\u201d, \u201cYarador chaqmoq\u201d, \u201cHaqqush qichqirig\u02bbi\u201d, \u201cSeni yaxshi ko\u02bbraman\u201d, \u201cDaraxtlar va giyohlar\u201d, \u201cMing bir yog\u02bbdu\u201d, \u201cO\u02bbrtamizda birgina olma\u201d, \u201cOdamning soyasi quyoshga tushdi\u201d, \u201cQush yo\u02bbli\u201d, \u201cIymon yog\u02bbdusi\u201d, \u201cDiydor aziz\u201d, \u201cXaloskor ruh\u201d kabi yigirmaga yaqin she\u02bcriy to\u02bbplami, \u201cTo\u02bbrabekaxonim\u201d nasriy qissasi va \u201cNajmiddin Kubro\u201d, \u201cArdaxiva\u201d badialari chop qilindi.<\/p>\n<p>Shoirning \u201cAmu\u201d, \u201cOybek\u201d, \u201cShu\u02bclalardan hayratlanish\u201d, \u201cOna degan so\u02bbz\u201d, \u201cTurnalar\u201d, \u201cMezon\u201d, \u201cChorlov\u201d, \u201cO\u02bbn uchinchi eshik\u201d, \u201cUmrimiz haqida\u201d kabi she\u02bcrlari zamonaviy o\u02bbzbek she\u02bcriyatining eng yaxshi namunalaridandir.<\/p>\n<p><strong>Andrey Kubatin<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/af02b74e1072768f9e255dee769cddbf1220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"422\" \/><\/p>\n<p>Tarixchi, sharqshunos olim Andrey Kubatin, 29-oktyabr kuni koronavirus asoratlaridan\u00a0vafot etdi.<\/p>\n<p>Andrey Kubatin 2019-yilning dekabr oyidan buyon O\u02bbzbekiston Fanlar akademiyasi milliy arxeologiya markazida faoliyat yuritib kelayotgan edi.<\/p>\n<p>Olim turkiy xalqlar tarixiga oid uchta monografiya va saksondan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Shuningdek, O\u02bbzbekiston va turkiylar tarixini o\u02bbrganishda katta hissa qo\u02bbshgan jamoat vakillaridan biri hisoblanadi.<\/p>\n<p><strong>Ubaydulla Uvatov<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/e7131a5c8dada26d602b3f4e170d13071220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"499\" \/><\/p>\n<p>Taniqli olim, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov shu yilning 3-noyabr kuni\u00a0vafot etdi.<\/p>\n<p>Olimning xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib qadrlanib, \u201cMehnat shuhrati\u201d ordeni va \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasida xizmat ko\u02bbrsatgan yoshlar murabbiysi\u201d faxriy unvoni bilan taqdirlangan.<\/p>\n<p>Joriy yilning 22-fevralida esa O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Ubaydulla Murodovich Uvatovni \u201cFidokorona xizmatlari uchun\u201d ordeni bilan mukofotlash to\u02bbg\u02bbrisidagi Farmoni qabul qilingan edi.<\/p>\n<p><strong>Saydi Umirov<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/59bf887e4a68a5024d8cdb56c0a83e171220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"467\" \/><\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston Respublikasida xizmat ko\u02bbrsatgan yoshlar murabbiyi, minglab jurnalistlarning qadrli ustozi, publitsist Saydi Umirov 15-noyabr kuni, 82 yoshida\u00a0vafot etdi.<\/p>\n<p>Saydi Umirov 1938-yil 10-fevralda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug\u02bbilgan. U Yozuvchilar, Jurnalistlar ijodiy uyushmalari a\u02bczosi, \u201cOltin qalam\u201d milliy mukofoti sovrindori edi.<\/p>\n<p>Saydi Umirovning nomi respublikamiz ziyolilari orasida yuksak ehtirom bilan tilga olinadi.<\/p>\n<p><strong>Klara Jalilova<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/1c57938159d085286d53b7a9aa3039c31220.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"365\" \/><\/p>\n<p>2020-yilning 20-noyabr kuni O\u02bbzbekistonda xizmat ko\u02bbrsatgan artist Klara Jalilova 82 yoshida\u00a0vafot etdi.<\/p>\n<p>Marhum aktrisa \u201cMaftuningman\u201d, \u201cKelinlar qo\u02bbzg\u02bboloni\u201d, &#171;Chinor tagidagi duel\u201d, \u201cTemir xotin\u201d, \u201cTemir erkak\u201d, \u201cNiqob\u201d kabi filmlarda o\u02bbzga xos rollarni ijro etgan. Ayniqsa, \u201cMaftuningman\u201d filmidagi roli o\u02bbzbek xalqining yuragidan chuqur joy olgan.<\/p>\n<p><strong>To\u02bblan Nizom<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/12\/20\/361732524d877386dd68ab3e3842862c1220-1.jpg\" alt=\"\" width=\"750\" height=\"469\" \/><\/p>\n<p>2020-yilning 10-dekabr kuni O\u02bbzbekiston xalq shoiri To\u02bblan Nizom 81 yoshida\u00a0vafot etdi.\u00a0Marhum shoir 1939-yilda Andijon viloyatining Bo\u02bbz (Bo\u02bbston) tumanining Beshgul qishlog\u02bbida tug\u02bbilgan.<\/p>\n<p>1970-yilda shoirning \u201cSening ertaklaring\u201d nomli ilk she\u02bcriy to\u02bbplami nashrdan chiqarilgan. Shoirning 1982-yilda \u201cIftixor\u201d, 1988-yilda \u201cOy qizlar\u201d, 1993-yilda \u201cMuqaddas ruh va Vatan tuyg\u02bbusi\u201d kabi qator to\u02bbplamlari xalqimizga manzur bo\u02bblgan.<\/p>\n<p><strong><em>\u201cXalq so\u02bbzi\u201d nashri muxbiri Inobat AHATOVA mazkur materialni o\u02bbtganlar nomini yana bir bor yod etish, ularning yorqin xotirasini esga olish maqsadida <a href=\"http:\/\/xs.uz\/uz\/post\/unutmoq-osonmas-sizlarni-2020-jil-joqotishlari\">tayyorladi<\/a>. O&#8217;tganlarning oxirati obod bo&#8217;lsin!<\/em><\/strong><\/p>\n<\/div>\n<h3 class=\"title\"><\/h3>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Afsuski, 2020-yilda har qachongidan ham yo\u02bbqotishlar, judoliklar ko\u02bbp bo\u02bbldi. Kimdir yaqinidan, kimdir do\u02bbstidan, kimdir ustozidan,<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5148,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[6,899],"tags":[1213,1206,1211,1208,1207,1212,1209,1210,1214],"views":1977,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/5147"}],"collection":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=5147"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/5147\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5247,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/5147\/revisions\/5247"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/5148"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=5147"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=5147"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=5147"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}