{"id":5162,"date":"2020-12-22T12:56:28","date_gmt":"2020-12-22T09:56:28","guid":{"rendered":"http:\/\/manzur.uz\/?p=5162"},"modified":"2020-12-22T12:56:28","modified_gmt":"2020-12-22T09:56:28","slug":"turkiyaning-ozbekistondagi-favqulodda-va-muxtor-elchisi-mehmet-surayyo-er-xaiqimizni-yaqinlashib-kelayotgan-yangi-yil-bilan-qutladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/manzur.uz\/?p=5162","title":{"rendered":"Turkiyaning O\u2019zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Surayyo Er xaiqimizni yaqinlashib kelayotgan yangi yil bilan qutladi"},"content":{"rendered":"<p>Turkiya Jumhuriyatining O\u2019zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Surayyo Er O`zbekiston xaiqini yaqinlashib kelayotgan yangi yil bilan tabrikladi. Bu haqda\u00a0Turkiyaning O&#8217;zbekistondagi elchixonasi Matbuot bo&#8217;limi xabar berdi.<\/p>\n<p>&#171;Otayurtimiz O\u2019zbekistondagi aziz qardoshlarim,<\/p>\n<p>Xonimlar va janoblar,<\/p>\n<p>Bir yil oldin 2020 yil uchun yangi yil tabriklarimni izhor etayotganimda bu yilning tarixda qoladigan bir yil bo\u2019lishi hech birimizning hayolimizga ham kelmagan edi.<\/p>\n<p>2020 yil mamlakatlarimiz uchun ham, jahon davlatlari uchun ham avval boshda Covid -19 pandemiyasi va boshqa jiddiy mushkulotlar bilan kechgan og\u2019ir yil bo&#8217;ldi.<\/p>\n<p>Aziz birodarlarim, biz qadimiy bir zaminda asrlardan beri bor bo\u2019lgan va o\u2019zligini asrab-avaylab saqlab kelayotgan qardosh ikki xalq sifatida tarixda insoniyat boshiga tushgan qanchadan-qancha musibatlarni birdamlik ruhida va g\u2019ayrat-shijoat bilan yengib o\u2019tgan ota-bobolarimizning avlodlarimiz. Bugungi qiyinchiliklarni ham bir-birimizga yelkadosh bo\u2019lib, donolik bilan, ilmu-irfon bilan va Qodir Ollohning yordami bilan ortda qoldirishimizga, bu yil biz unchalik ham his qilmagan baxt, sog\u2019lik-omonlik va tinchlik\u2013osoyishtalik to\u2019la kunlarga yangi yilda muyassar bo\u2019lishimizga ishonaman va bu niyatlarimni \u00a0mamlakatlarimiz uchun, butun bashariyat uchun qalbimning to\u2019ridan chiqqan eng kuchli hislarim bilan tilab qolaman.<\/p>\n<p>Dekabr oyi oxirlab borayotgan mana shu kunlarda 2020 yil bilan vidolashishga hozirlanmoqdamiz. Barcha salbiy narsalarning eski yil bilan birga hayotimizni tark etishini va 2021 yilning avvalo mamlakatlarimizga, qolaversa butun dunyoga sog\u2019lik-salomatlik va tinchlik-xotirjamlik olib kelishini chin qalbimdan tilayman. 2021 yil va undan keyingi har bir yil mamlakatlarimiz o\u2019rtasida mustahkam qardoshlik rishtalariga asoslangan strategik sheriklik darajasidagi aloqalarimizning yanada rivojlanishiga hissa qo\u2019shishini, xalqlarimiz o\u2019rtasidagi do\u2019stlik va qardoshlik munosabatlarining abadiy bo\u2019lishini niyat qilib qolaman.<\/p>\n<p>Biz yashayotgan bu qadim zaminning mushtarak qadriyati bo\u2019lgan Hazrati Mavlono o\u2019zlarining yuzyillarga ziyo taratgan \u201cMasnaviy\u201d asarida keltirganlari, bu qorong\u2019u kunlarni quyoshdek yo\u2019rituvchi mana bu o\u2019lmas baytlarini ham g\u2019arb, ham sharq adabiyotining eng buyuk asarlarini o\u2019zbek tiliga birdek katta mahorat \u00a0bilan o\u2019girgan ulug\u2019 shoir va tarjimon, Turk dunyosining iftixori, O\u2019zbekiston xalq shoiri, ustoz Jamol Kamol tarjimasi bilan yana bir bor eslaylik:<\/p>\n<p><strong><em>&#171;Kelsa ma\u2019yuslik, keyin ummid kelur,<br \/>\nKecha kechgay, ortidin xurshid kelur&#187;.<\/em><\/strong><\/p>\n<p>2021 yilning bizga va butun bashariyatga go\u2019zal kunlar keltirishidan umidvor bo\u2019lib, barchangizni yangi yil bilan eng samimiy tuyg\u2019ularim ila chin yurakdan tabriklayman.<\/p>\n<p>Yangi yilingiz muborak bo\u2019lsin!.. Turkchasiga aytganda: Yeni Y\u0131l\u0131n\u0131z Kutlu olsun!&#187;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#171;Kelsa ma\u2019yuslik, keyin ummid kelur,<br \/>\nKecha kechgay, ortidin xurshid kelur&#187;.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5163,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[899,7],"tags":[1218,614,1217],"views":1349,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/5162"}],"collection":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=5162"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/5162\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5165,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/5162\/revisions\/5165"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/5163"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=5162"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=5162"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=5162"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}