{"id":5182,"date":"2020-12-24T16:57:37","date_gmt":"2020-12-24T13:57:37","guid":{"rendered":"http:\/\/manzur.uz\/?p=5182"},"modified":"2020-12-24T16:57:37","modified_gmt":"2020-12-24T13:57:37","slug":"elektron-jurnal-tizimining-afzalliklari-bilan-birga-kamchiliklari-ham-bor","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/manzur.uz\/?p=5182","title":{"rendered":"Elektron jurnal tizimining afzalliklari bilan birga kamchiliklari ham bor\u00a0"},"content":{"rendered":"<figure id=\"attachment_5184\" aria-describedby=\"caption-attachment-5184\" style=\"width: 300px\" class=\"wp-caption alignnone\"><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"wp-image-5184 size-medium\" src=\"http:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/img1608715711471-300x243.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"243\" srcset=\"https:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/img1608715711471-300x243.jpg 300w, https:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/img1608715711471-768x621.jpg 768w, https:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/img1608715711471.jpg 1000w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><figcaption id=\"caption-attachment-5184\" class=\"wp-caption-text\">Kamola BUZRUKOVA, Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi 59-DIUM informatika fani o`qituvchisi<\/figcaption><\/figure>\n<p>Hammamizga ma\u2019lumki, O\u2018zbekiston Respublikasi Xalq ta\u2019limi vazirligi tamonidan yurtimizdagi barcha umumta\u2019lim maktablar uchun \u00abKundalik.com\u00bb tizimi joriy\u00a0 etildi.<\/p>\n<p>Kundalik \u2013 o\u02bbqituvchilar, o\u02bbquvchilar va ota-onalar uchun raqamli ta\u02bclim platformasidir. Ushbu tizim har bir o\u2019qituvchining qulayligini o\u2019ylagan holatda qulay usulda yaratilgan bo\u2019lib, bunda tizim onlayn tarzda o\u2018qituvchilarni darslarini rejalashtirish, dars jadvallarini tuzish, o\u2018quvchilarning o\u2018zlashtirish darajasi va davomatini elektron jurnalda qayd etib borish, baholash va uy vazifalarini tekshirish, maxsus vositalardan foydalangan holda ota-onalar bilan onlayn aloqani o\u02bbrnatish, maktabdagi muhim voqealar, o\u02bbquvchilarning yutuqlari haqida ma\u02bclumot berish kabi ishlarni bajarishlari mumkin. Shuningdek, ta\u2019lim boshqaruv organlari va muassasalarga avtomatik tarzda statistik hisobotlarni shakllantirish uchun juda qulay tizim hisoblanadi.<\/p>\n<p>Electron jurnal ta\u2019lim soxasiga kirib kelishidan asosiy sabab, awal har bir o\u2019qituvchining qo\u2019l mehnatining hajmi anchaginani tashkil etar edi. Mana shunaqa qog\u2019ozbozliklarni oldini olish maqsadida ham mamlakatimizning ta\u2019lim soxasiga electron shakldagi jurnal kirib kelishiga bir turtki bo\u2019ldi. \u00a0Tizim o\u02bbqituvchilarni qog\u02bboz ishlari, ko\u02bbplab hisobotlarni qo\u02bblda to\u02bbldirish kabilardan xalos qildi va o\u2019qituvchining vaqtni tejashga va o\u02bbquvchilarga ko\u02bbproq e\u02bctibor qilishga yordam bermoqda.<\/p>\n<p><em><strong>Kundalik tizimida muloqot xavfsizligi ta\u2019minlangan<\/strong><\/em><\/p>\n<p>Kundalik o\u02bbquvchilar va ularning ota-onalari uchun baholar va uy vazifalarini kecha-yu kunduz ko\u02bbrish imkoniyati ya\u2019ni awal o\u2019quvchi qaysi fandan nima vazifa berilganini esla olmay qiynalgan bo\u2019lsa, hozirda bu muammo kundalikda bartaraf etilgan sababi o\u2019quvchi xoxlagan vaqtida kundalik.com tizimiga o\u2019z login va paroli yordamida \u00a0kirib uy vazifasini ko\u2019rish imkoniyati mavjud. Shu bilan bir qatorda samarali aloqa uchun xavfsiz tarmoq hisoblanadi ya\u2019ni o\u2019quvchi dars vaqtida mavzuni tushunmay qolgan va sinfdoshlaridan tortinib mavzuga doir savollari bilani ustoziga murojaat qila olmagan bo\u2019lsa, o\u2019zining savollarini o\u2019qituvchiga tizim orqali bemalol yuborish imkoniyatini beradi va ushbu muloqotning xavfsizligi ta\u2019minlangan bo\u2019lib, begona shaxslarga ko\u2019rinmaydi. Shu bilan bir qatorda asosiy qulayligi va xavfsizligi shundaki, har bir o\u2019quvchi o\u2019z baxosini faqatgina o\u2019zi va unga biriktirilgan shaxs (ota-onasi yoki boshqa bir qarindoshi) ko\u2019rish huquqiga ega bo\u2019ladi.<\/p>\n<p>Ota-onalar uchun ta\u02bclim platformasida bolaning maktab hayoti haqida batafsil ma\u02bclumotlar mavjud. Unda baholar va uy vazifalarini ko\u02bbrish, bolalar darslarga qanday borayotganligini bilib olish, o\u02bbqituvchilar, maktab direktori va boshqa ota-onalar bilan o\u02bbylantirgan mavzularni muhokama qilish mumkin. Ayni paytda ota-onalar uydan chiqishlari yoki ishdan chalg\u02bbishlariga hojat yo\u02bbq. Shunday qilib, ular o\u02bbz farzandlarining o\u02bbqish jarayonlarini yanada diqqat bilan kuzatib boradi va unda faol ishtirok etadi.<\/p>\n<p data-pm-slice=\"1 1 []\">Kundalik tizimi har bir fan o\u2019qituvchisidan juda kuchli ma\u2019sulyatni talab qiladi, sababi o\u2019qituvchi o\u2019ziga biriktirilgan sinflariga o\u2019z vaqtida uy vazifa bermasa yokida darsda javob bergan o\u2019quvchilarni o\u2019z vaqtida baxolab bormasa bu uning ko\u2019rsatkich foizi pasayishiga olib keladi va bu o\u2019zidan-o\u2019zi maktabning ham ko\u2019rsatkichi pasayishiga sabab bo\u2019ladi. Bundan bilishimiz mumkinki, o\u2019qituvchilarimizdan kuchli mas`ulyat va e\u2019tiborni talab qiladi. Shu bilan bir qatorda eng muhim jihatlaridan biri, fan o\u2019qituvchisi qo`ygan bahoni sinf rahbari o\u2019zgartira olmaydi. Qog\u2019oz jurnalda esa biz ba\u2019zi hollarda shu muammolarga duch kelar edik. Elektron jurnal tufayli bu muammo ham o\u2019z yechimini topdi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignnone size-medium wp-image-5183\" src=\"http:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/img1608713138120-300x282.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"282\" srcset=\"https:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/img1608713138120-300x282.jpg 300w, https:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/img1608713138120-768x721.jpg 768w, https:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/img1608713138120.jpg 1000w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/p>\n<p>Shu bilan bir qatorda o\u2019quvchilardan ham katta mas`ulyatni talab qiladi ya\u2019ni har bir o\u2019quvchi berilgan vazifalarni o\u2019z vaqti tayyorlashi kerak bo\u2019ladi.<\/p>\n<p><em><strong>kundalik.com`ga video qo\u2019ng\u2019iroq ham qo\u2019shilsa&#8230;<\/strong><\/em><\/p>\n<p>&#171;Guruch ko\u2019rmaksiz bo\u2019lmaydi&#187; deyishganidek, ushbu tizimda ham kamchilik mavjud ya\u2019ni o\u2019quvchilar bilan yozma ravishda gaplasha olamiz lekin to\u2019g\u2019ridan \u2013 to\u2019g\u2019ri muloqot qila olmaymiz. Ya\u2019ni biz yuborgan savolga aniq o\u2019quvchini o\u2019zi javob berdimi yokida unga kimdir yordam berdimi biz buni yozma ravishda gaplashganimizda bilmaymiz. Men bir taklif \u00a0kiritmoqchiman yurtimizda hali karantin davom etmoqda, shu sababli ba\u2019zi o\u2019quvchilarimiz hali ham online ta\u2019limda, u o\u2019quvchilar vazifalarni electron jurnalga joylashiyabdi. Biz vazifalarni tekshiriyapmiz lekin to\u2019g\u2019ridan to\u2019g\u2019ri muloqot qila olmayapmiz. To\u2019g\u2019ridan to\u2019g\u2019ri muloqot uchun esa \u201czoom\u201d dasturidan foydalanishga majbur bo\u2019lmoqdamiz. Agarda kundalik.com tizimiga video qo\u2019ng\u2019iroq ham qo\u2019shilsa, onlinedagi o\u2019quvchilar bilan to\u2019g\u2019ridan to\u2019g\u2019ri muloqot va savol javob qilishimizga ancha qulay bulardi. Yana shu narsani aytib o\u2019tmoqchimanki, agarda video qo\u2019ng\u2019iroqni\u00a0 ushbu tizimga kiritishsa, ma\u2019lum bir shaxslar uchun video qo\u2019ng\u2019iroqni cheklab quyadigan funksiyasini ham qo\u2019shish kerak bo\u2019ladi. Chunki, ba\u2019zi o\u2019quvchilarimiz o\u2019ta sho\u2019xligini ham inobatga olishimiz kerak.<\/p>\n<p>O\u2019qituvchi sifatida va o\u2019z faoliyat olib borayotgan maktabimning admini sifatida bemalol shuni ayta olamanki, umuman olganda menga bu tizim juda yoqdi. Chunki\u00a0 ushbu tizimdan unumli foydalanish kerak, tizimdan unumli foydalanishni bilsangiz uning siz uchun tayyorlagan barcha qulayliklariga ega bo\u2019lasiz. Biz o\u2019qituvchilar uchun tayyor hisobotlar va tayyor monitoring natijalari, o\u2019quvchilar ro\u2019yxati, davomati, baxolar statistikasi va shunga uxshash bir qanchadan ortiq qog\u2019ozbozliklardan yiroq bo\u2019lgan o\u2019zimizga kerakli tayyor hujjatlarni olishimiz mumkin. Yana bir narsa men quvontiradi ushbu tizim maktablar aro raqobatga sabab bo\u2019lmoqda nega deganda, har hafta yangi statistika chiqariladi va har bir maktab o\u2019tgan haftada yaxshi yoki yomon faoliyat olib borishganini bilish huquqiga ega bo\u2019ladi va bu o\u2019z- o\u2019zidan ma\u2019lumki maktablar kim o\u2019zarga o\u2019ynashadi va raqobat shakllanadi. Raqobat bor joyda o\u2019sish bo\u2019ladi! O\u2019sish bor joyda harakat, harakatda esa mas\u2019ulyat, ma\u2019sulyatda esa yaxshi ish va yaxshi ta\u2019limga erishiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bir narsa men quvontiradi ushbu tizim maktablar aro raqobatga sabab bo\u2019lmoqda. Nega deganda, har hafta yangi statistika chiqariladi va har bir maktab o\u2019tgan haftada yaxshi yoki yomon faoliyat olib borganini hamma bilib oladi. Buning natijasida o\u2019z- o\u2019zidan maktablar orasida raqobat shakllanadi. <\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5185,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[10,769],"tags":[1219,1222,1220,1221],"views":5527,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/5182"}],"collection":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=5182"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/5182\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5186,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/5182\/revisions\/5186"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/5185"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=5182"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=5182"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=5182"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}