{"id":6093,"date":"2021-09-20T11:38:51","date_gmt":"2021-09-20T08:38:51","guid":{"rendered":"http:\/\/manzur.uz\/?p=6093"},"modified":"2021-09-20T11:39:17","modified_gmt":"2021-09-20T08:39:17","slug":"turkiyadagi-qadimiy-yodgorliklarning-siri-nimada","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/manzur.uz\/?p=6093","title":{"rendered":"Turkiyadagi qadimiy yodgorliklarning siri nimada?"},"content":{"rendered":"<div class=\"news-meta clearfix mb-30\"><\/div>\n<div class=\"content mb-20\">\n<div class=\"row\">\n<div class=\"col-md-12\">Turkiya aholi yashash punktlari bunyod etilishi, albatta, jome masjidi qurilishidan boshlanadi. Agar bu yurtda masjid minoralari tiklanayotganiga ko\u02bbzingiz tushsa, bilingki, yaqin orada uning atrofida yangi uy-joylar mavzesi paydo bo\u02bbladi.<\/div>\n<\/div>\n<p><strong>Olti(n)\u00a0ustunli\u00a0masjid<\/strong><\/p>\n<p>Turkiyaning eng yirik shaharlaridan biri bo\u02bblgan Istanbulning deyarli har qadamida masjid bor. Ma\u02bclumotlarga qaraganda, ayni patda ularning soni 3 mingtadan oshib ketgan. Ushbu muqaddas maskanlar orasida bir necha asrlarni qaritgan qadimiylari ham ko\u02bbpki, bu sayyohlarni ohanrabodek o\u02bbziga jalb etib kelmoqda. Mahalliy va xorijiy turistlar talpinadigan Sulton Ahmad\u00a0masjidi\u00a0ana shulardan biridir.<\/p>\n<p>Moviy masjid nomi bilan ham mashhur bo\u02bblgan ushbu maskanni Culton Ahmad oltin\u00a0ustunli\u00a0qilib qurishga ahd qiladi. Ammo bunga davlat g\u02bbaznasi yetmagach, oltin minorali emas, balki olti(n) minorali qilib bunyod etadi. Kezi kelganda, aytish joizki, bunga qadar masjidlar to\u02bbrt minorali qilib tiklangan. Buni qarangki, o\u02bbsha davr me\u02bcmorchiligida yangilik bo\u02bblgan ushbu masjid bir paytda olti ming kishini o\u02bbz bag\u02bbriga sig\u02bbdira oladi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"https:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/11\/30\/b7290409ff83e326264ca07e4031e16c1130.jpg\" alt=\"\" width=\"700\" height=\"524\" \/><\/p>\n<p>Biz, o\u02bbzbekistonlik\u00a0jurnalistlar\u00a0Turkiyaga safarimiz chog\u02bbida ushbu masjidni ziyorat qilish imkoniyatiga ega bo\u02bbldik. Hozirgi paytda bu yerda ta\u02bcmirlash ishlari olib borilayotgan\u00a0bo\u02bblsa-da, namozxonlar uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratilgan.<\/p>\n<p><strong>Havas va hayrat og\u02bbushidagi antik shahar<\/strong><\/p>\n<p>Turkiya bo\u02bbylab sayohatimizning navbatdagi kuni turizm markazlaridan biri bo\u02bblgan Antaliyaga shahriga bo\u02bbldi. O\u02bbrta Yer dengiz sohilida joylashgan bu kentda havas va hayratlar og\u02bbushida qolganimiz rost.<\/p>\n<p>Bu yerda qishloq xo\u02bbjaligi hudud iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Xususan, butun mamlakat pomidor bilan ta\u02bcminlanishi barobarida, eksportning 80 foizini ushbu mahsulot tashkil etadi. Ular, asosan, issiqxona sharoitida yetishtiriladi. Bundan tashqari, apelsin, mandarin, limon, zaytun, hatto, paxta ham yetishtirilar ekan. Shu kunlarda anorzorlar, apelsin bog\u02bblaridan hosilni yig\u02bbishtirib olish ishlari avjida.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"https:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/11\/30\/77c3491b5e4b22ab84fd3923ddc1b97a1130.jpg\" alt=\"\" width=\"524\" height=\"700\" \/><\/p>\n<p>Biz Antaliyadan 35 kilometrlik masofada joylashgan antik shahar\u00a0Aspendosga\u00a0borgunimizcha yo\u02bbl-yo\u02bblakay fermerlar faoliyati bilan ham yaqindan tanishdik.<\/p>\n<p>Ma\u02bclumotlarga qaraganda, dunyoda eng yaxshi saqlangan antik shaharlardan biri\u00a0Aspendosdir. U miloddan avvalgi beshinchi asrda bunyod etilgan bo\u02bblib, bu haqda turli afsona va rivoyatlar tildan-tilga ko\u02bbchib yuradi.<\/p>\n<p>Emishki, shoh\u00a0Aspendosning\u00a0sohibjamol\u00a0qizi bo\u02bblib, uning oshiqlari juda ko\u02bbp bo\u02bblgan. Ota esa qiziga munosib qayliq tanlashda bir shart qo\u02bbyadi: \u00abKimki, shahrimiz aholisi foydali va go\u02bbzal inshoot\u00a0qursa, qizimni o\u02bbsha yigitga uzataman\u00bb. Buni eshitgan yigitlar o\u02bbz bunyodkorlik mahoratini ishga soladi. Ular orasidan egizaklarning omadi chopadi. Sababi, shohga ulardan biri bunyod etgan suv o\u02bbtkazgich ma\u02bcqul tushadi. Ammo egizaklarning ikkinchi qurgan\u00a0amfiteatrni\u00a0ko\u02bbrgach, o\u02bbz fikridan qaytadi va arxitektorga qizini uzatadi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" src=\"https:\/\/xs.uz\/upload\/post\/2020\/11\/30\/afae0336810835ba51118a2e48f317201130.jpg\" alt=\"\" width=\"700\" height=\"524\" \/><\/p>\n<p>Mahalliy aholining fikricha, shoh adashmagan. Chunki toshdan bunyod qilingan Rim\u00a0amfiteatri\u00a0o\u02bbz holida saqlanib qolgan.<\/p>\n<p>Mana, o\u02bbsha qadimiy teatr. Boqib ko\u02bbzingiz to\u02bbymaydi. Uning ichiga kirar ekansiz, hayratingiz oshadi, insoniyatning bunyodkorlik qobiliyatiga tasannolar aytasiz&#8230;<\/p>\n<p>Teatrda tomoshabinlar uchun 39 qator joy mavjud bo\u02bblib, ularning orasida yarim metrni tashkil etadi. Umumiy uzunligi esa salkam 100 metr. Teatr 20 ming nafargacha tomoshabinni sig\u02bbdirgan. U shundayin mahorat bilan ishlanganki, sahnaga tushgan tanganing ovozi so\u02bbnggi qatorda o\u02bbtirgan odamga ham aniq-tiniq eshitiladi. Shu bois bu yerda 2008-yilgacha turli konsert va\u00a0shoular\u00a0o\u02bbtkazilgan bo\u02bblib, bu jarayonda mikrofon va ovoz\u00a0kuchaytirgichlardan\u00a0umuman foydalanilmagan.<\/p>\n<p><strong>Said RAHMONOV<\/strong><\/p>\n<\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Turkiya aholi yashash punktlari bunyod etilishi, albatta, jome masjidi qurilishidan boshlanadi. Agar bu yurtda masjid<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":6094,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[5],"tags":[1386,614],"views":1216,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6093"}],"collection":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=6093"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6093\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6096,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6093\/revisions\/6096"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/6094"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=6093"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=6093"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=6093"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}