{"id":6612,"date":"2022-02-17T14:05:11","date_gmt":"2022-02-17T11:05:11","guid":{"rendered":"http:\/\/manzur.uz\/?p=6612"},"modified":"2022-02-17T14:05:11","modified_gmt":"2022-02-17T11:05:11","slug":"orta-yer-dengizi-b%d0%beyidagi-gurunglar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/manzur.uz\/?p=6612","title":{"rendered":"O\u2018rta yer dengizi b\u043e\u2018yidagi gurunglar"},"content":{"rendered":"<figure id=\"attachment_6615\" aria-describedby=\"caption-attachment-6615\" style=\"width: 225px\" class=\"wp-caption alignnone\"><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"size-full wp-image-6615\" src=\"http:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/images-1-1.jpg\" alt=\"\" width=\"225\" height=\"225\" srcset=\"https:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/images-1-1.jpg 225w, https:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/images-1-1-150x150.jpg 150w, https:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/images-1-1-50x50.jpg 50w\" sizes=\"(max-width: 225px) 100vw, 225px\" \/><figcaption id=\"caption-attachment-6615\" class=\"wp-caption-text\">Arslan Bayir<\/figcaption><\/figure>\n<p><strong><em>Turk dunyosida adabiy y\u043e\u2018lda izlanayotgan, qardosh xalqlar bilan aloqalarni mustahkamlayotgan ijodkorlar talay. Shulardan biri yozuvchi va tarjimon ham jurnalist Arslan Bayirdir. <\/em><\/strong><\/p>\n<p>1958-yilda Antaliyaning Alaniya shahri Bayir maskanida tug\u2018ilgan bu insonning yozgan hikoya va ertaklari, \u043e\u2018ziga xos uslubdagi she\u2019rlari Turkiyada \u043e\u2018z \u043e\u2018quvchilariga ega b\u043e\u2018lib ulgurgan. Bir qancha xalqaro adabiy mukofotlar bilan taqdirlangan, ijodiy ishlari \u043e\u2018zbek, qirg\u2018iz, qozoq, uyg\u2018ur, turkman, ozarbayjon, arab, fors, tojik, ukrain, moldovan, rus, nemis, litva, boshqurt, bolgar, polyak, hind, tatar, yoqut, balkar, koreys, yunon, gagavuzca, m\u043e\u2018g\u2018ul, ingliz, chuvash, nemis kabi k\u043e\u2018plab tillarida nashr etilgan ijodkorning xorijdagi d\u043e\u2018stlari, suhbatdoshlari ham aynan shoir va yozuvchilardan ekanligi shundandir.<\/p>\n<p style=\"padding-left: 30px;\">Ancha yillardan buyon \u201cGuncel Sanat\u201d (\u201cZamonaviy san\u2019at\u201d) nomli jurnalning bosh muxarriri sifatida faoliyat yuritib kelayotgan ijodkor jurnal sahifalarida qardosh xalqlar ijodiga keng \u043e\u2018rin beradi. \u041e\u2018n beshdan ortiq mamlakatlarga yetib boradigan, minglab \u043e\u2018quvchilar auditoriyasida \u043e\u2018qiladigan jurnal sahifalarida yaqin yillar mobaynida 300 dan ortiq \u043e\u2018zbek adabiyoti vakillarining ijodi chop etilganligi buning dalilidir. Jurnal orqali ustoz adiblarimiz hamda zamondosh ijodkorlarimiz tarjimalarini muntazam qardosh xalqlarga taqdim etib kelayotgan Arslan Bayirning \u041e\u2018zbekiston haqidagi iliq fikrlari, yorqin taassurotlari bor:<\/p>\n<p><em>\u2013Men bu mamlakatda bir necha marta b\u043e\u2018lganman. Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida yurganimda bu yurt xalqining she\u2019rlari nega bunday tarovatli ekanligini anglaganman. Chunki g\u043e\u2018zal vatanda yashaydigan kishining qalbi ham chiroyli b\u043e\u2018ladi. \u041e\u2018zbek yozuvchilar bilan hamisha muloqotdaman va ularni bag\u2018rikeng inson va baland iste\u2019dod egalari sifatida hurmat qilaman, \u2013 degan edi d\u043e\u2018stimiz Arslan og\u2018a biz bilan suhbatda.<\/em><\/p>\n<p>Har safar xorijdagi d\u043e\u2018stlarimizni eslaganimda moviy t\u043e\u2018lqinlari quyosh nurida yal-yal yonib mavjlangan \u041e\u2018rta Yer dengizi b\u043e\u2018yida sayr etadigan minglab kishilar ichida yangi rejalari, ijodiy yangiliklari yuzasidan biron bir munosib suhbatdoshni topib, turkona choy ustida gurung berayotgan Arslan Bayir k\u043e\u2018z oldimga keladi. Bu gurunglar bardavom b\u043e\u2018lishini tilayman.<\/p>\n<p><strong>Nargiza Asadova\u00a0 \u00a0 \u00a0<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Turk dunyosida adabiy y\u043e\u2018lda izlanayotgan, qardosh xalqlar bilan aloqalarni mustahkamlayotgan ijodkorlar talay. Shulardan biri yozuvchi<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":6614,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[6],"tags":[614],"views":1213,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6612"}],"collection":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=6612"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6612\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6616,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6612\/revisions\/6616"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/6614"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=6612"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=6612"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=6612"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}