{"id":7340,"date":"2022-09-23T17:15:58","date_gmt":"2022-09-23T14:15:58","guid":{"rendered":"http:\/\/manzur.uz\/?p=7340"},"modified":"2022-09-23T17:16:13","modified_gmt":"2022-09-23T14:16:13","slug":"judolik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/manzur.uz\/?p=7340","title":{"rendered":"Judolik (\u04b3\u0438\u043a\u043e\u044f)"},"content":{"rendered":"<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignnone size-medium wp-image-7343\" src=\"http:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/3978223110-e1663942552379-300x251.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"251\" srcset=\"https:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/3978223110-e1663942552379-300x251.jpg 300w, https:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/3978223110-e1663942552379.jpg 500w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/p>\n<p>-Ibrohim, o&#8217;g&#8217;lim,- deya chaqirdi inqillab yotgan bemor. Onasining ta&#8217;na-dashnomlaridan qo&#8217;rqib qolgan bola ovozdan sergak tortdi, lekin boshini yostiqdan ko&#8217;tarolmay, uyg&#8217;onganini sezdirish maqsadida qisqa tovushda:<\/p>\n<p>-Hmmm,- deb qo&#8217;ydi xolos.<br \/>\n-Ukang qani?<br \/>\n-Nanajonim, bilan birga barvaqt qayergadir ketishdi.<br \/>\n-Oldimga kel, &#8212; deb imladi 10 yoshlardagi o&#8217;g&#8217;lini Ilyos aka.<br \/>\n-Adajon ozgina uxlab olay, &#8212; dedi norozilik alomatini bildirgan holda o&#8217;ng qo&#8217;lidagi ko&#8217;rsatgich va bosh barmog&#8217;ini orasida ozgina masofa qoldirib.<br \/>\n-Bolam, senga aytadigan gaplarim juda ko&#8217;p, ammo vaqim yetmaydimi deb qo&#8217;rqaman.<br \/>\nOtasining bu so&#8217;zlarini eshitgan Ibrohim o&#8217;zini ichki\u00a0 kuch bilan majburlab, o&#8217;rnidan turdi.<\/p>\n<p>-Adajon, nima, suv ichasizmi? Sovuq qotmayapsizmi? &#8212; deb savolga tutdi.<\/p>\n<p>Anchadan beri gapirmagan, gapirishga ham madori yo\u2019q Ilyos aka bosh irg&#8217;ab \u201cyo&#8217;q\u201d ishorasini berdi.<br \/>\n-Onangga ham qiyin bo&#8217;ldi. Mendan keyin suyanadigan insoni qolmaydi, shuning uchun sen Onangga qara hech nimaga zoriqtirma, maktabingga ham ora-orada borib tursang bo&#8217;ladi. Ro&#8217;zg&#8217;orga qarash, &#8212; dedida tomog&#8217;iga bir nima tiqilganday bo&#8217;lib, qattiq yo&#8217;taldi. Bola Otasining bu holini ko&#8217;p ko&#8217;rib yurganidan vaziyatni bilib, javonda turgan eski dori qutisini tita boshladi. Keyin bir burchakda qog&#8217;ozi omonatgina turgan qandaydir dorini topdi-da, Otasining tili ostiga berdi.<\/p>\n<p>Anchadan keyin yana rangi o&#8217;ziga kelib qolgan Ilyos aka gapirishga tushdi:<br \/>\n-Maraka, yana bir qancha xarajatlarga anchayin pul kerak bo&#8217;ladi, sen qo&#8217;shimcha ishlab tursang hartugul ro&#8217;zg&#8217;or qimirlab turadi-da, Bolam, &#8212; dedi hansirab.<\/p>\n<p>Gapirib bo&#8217;lgach o&#8217;zini kundan-kunga so&#8217;lib borayotgan daraxt ekanligini sezgandek, chuqur xo&#8217;rsindi.\u00a0 Bu yoshi hali 55 ga ham bormay sochi oppoq oqargan, uzoq muddatdan beri qandli diabet bilan og&#8217;rib, oyoqdan qolgan Ilyos aka edi.<\/p>\n<p>-Dada, menchi, katta bo&#8217;lsam, &#8212; deb otasining ko&#8217;nglini ko&#8217;tarish niyatida Ibrohim birdan o&#8217;rnidan turib, baland ovozda orzularini to&#8217;lib-toshib gapira boshladi.<\/p>\n<p>Ortiqcha shovqin-suron yoqmaydigan bo&#8217;lib qolgan ota esa uzoq hansirashdan keyin teskari tomonga ag&#8217;darilib, pastqam deraza oynasidan hovliga qarab qo&#8217;ydi. Ammo Ibrohim bunga e&#8217;tibor ham qilmay nimalarnidir gapirar edi. Chunki bola bunday hayot tarzidan zerikkan, ko&#8217;chadagi o&#8217;rtoqlariga qo&#8217;shilolmas, onasining tanbehlaridan bezigan, qorong&#8217;u xonada, aniqrog&#8217;i bemor otasi yonida mixlanib qolganday sezardi o&#8217;zini.<\/p>\n<p>Ilyos aka esa hovlida chala qolib ketgan ishlarni o&#8217;zicha rejalashtirib yotardi. Miyasida sovuq tushishiga qaramay daladagi ekinlarning qurib qolgan palaklari tozalanib, qishga tayorgarlik ko&#8217;rilmagani, yog&#8217;ingarchilik mavsumi boshlanib, tomidan har yilgidek chakki tomishini o&#8217;ylab, ich-ichidan kuyinardi.<\/p>\n<p>-Ibrohim, &#8212; deb o&#8217;zini u yoqdan bu yoqqa, bu yoqdan u yoqqa urayotgan, sho&#8217;xchan orzularini aytib, ado qila olmayotgan o&#8217;g&#8217;lining gapini bo&#8217;lishni istardi. U esa Otasining xasta ovozini eshitib:<br \/>\n-Ha Adajon,- deb bemor yoniga cho&#8217;kkaladi.<\/p>\n<p>Shu paytda hovlida birdan yosh bolaning qichqirig&#8217;ini eshitib qoldi. Ikkisi ham derazadan tashqariga jon holatda qarab, &#171;nima bo&#8217;ldi ekan&#187; deya cho&#8217;chib ketishdi.<\/p>\n<p>Hovliga kirish eshigiga tepinib, yiqilib tushgan Ismoil yig&#8217;lagancha uyga kirgach, bor alamini akasidan ola boshladi, Ibrohimni siltab ura ketdi.<\/p>\n<p>Bu holatni kuzatib turgan Ilyos aka hayron bo&#8217;lib o&#8217;g&#8217;lidan, keyin uyga bozorlik qilish uchun qo&#8217;lda tikilgan bo&#8217;sh sumkani ko&#8217;targan Fotima opaga ma\u2019noli qarab qo&#8217;ydi. Ayol ham bu qarashnihg ma\u2019nosini bilganday gapira ketdi:<\/p>\n<p>-Aytdim-a, buningizni olib bormay deb&#8230;<br \/>\n-Nima bo&#8217;ldi,- deb sekin pichirladi Ilyos aka.<br \/>\n-Bozorda ko&#8217;rgan rangli bo&#8217;yoq qalamlarni olib bering, deb turib oldi har doimgidek.<\/p>\n<p>Ismoil rangli qalamlarda rasmlar chizishni yoqtirardi, bu gal ham onasini bozorning o&#8217;rtasida so&#8217;roqqa tutdi:<br \/>\n-Nana, iytimos, obbeying,- deya yig&#8217;lashni boshlfdi, afsus, natija bo&#8217;lmagandan keyin, onasining mahkam ushlagan qo&#8217;lidan qutilib, uyga qarab yugurdi. So&#8217;ng oxiri doimgidek qoqilib tushdi va\u00a0 tizzasini shilib oldi.<\/p>\n<p>Alamini olishiga odatdagi raqib ham tayyor edi. Ibrohim ukasining injiqliklariga moslashib ketgandi va bu gal ham qalqonsiz raqib vazifasini o&#8217;tab berdi.<\/p>\n<p>Ro&#8217;zg&#8217;orlik qilish uchun bir haftadan beri yig&#8217;ib kelinayotgan sut-qattiq puli Ilyos akaning dori-darmonlaridan ortmadi. Ammo kundan kunga so&#8217;lib borayotgan bemorga olingan bu galgi tomchi ukollarning hech bo&#8217;lmaganda qopqog&#8217;i ochilishiga ham ehtiyoj qolmadi.<\/p>\n<p>Shomga qarab Bemorning joni uzildi.<br \/>\nIbrohim murdani ko&#8217;rib umuman qo&#8217;rqmadi, sababi bilardi, otasining hayoti shunday yakun topishini. Ukasi Ilyosjonni esa o&#8217;zi ancha oldin qo&#8217;lda yasab bergan hushtak bilan chalg&#8217;itganday bo&#8217;lib, qo&#8217;lidan mahkam ushlab qo&#8217;shnining uyiga qarab ketdi.<\/p>\n<p>-Sarvar kelinoyi, Sarvar, kim bor?<br \/>\n-Ha hozir, hozir, kela qolgin, Ibrohim. Yaxshimisan?<br \/>\n-Kelinoyi, ukam sizlarnikida tura tursin Sarvar bilan o&#8217;ynab, kechqurun o&#8217;zim olib ketaman.<br \/>\n-Xop, Ibrohimjon bolam, mayli, bemalol, Sarvar bilan o&#8217;ynab turadi.<br \/>\nBolam, Alloh sabr bersin, bandalikda, &#8212; dedi qo&#8217;shni ayol.<\/p>\n<p>Ibrohim shu so&#8217;zlarni eshitgandan ko\u02bbra kar bo\u02bblib qolishni qanchalik xohlardi. U hech nima demay, hovlidan chiqib ketdi.<\/p>\n<p>Ibrohimlarning hovlisida odam ko\u02bbp yig&#8217;ilib qolgandi, ikki-uch kishi tobutni tayyorlash bilan band edi, Fotima opa esa xonasida hech kim bilan ishi bo&#8217;lmay telbalarcha uvvos solib yig&#8217;lardi.<\/p>\n<p>Ibrohim hovlining bir burchagidan turib, otasi bilan o&#8217;tkazgan shirin xotiralarni esladi. U bilan yozda o&#8217;tkazgan nihollarining anchayin katta bo&#8217;lib qolganini sezdi va chuqur bir nafas olib, ovozi boricha baqirib yig&#8217;lab yubordi.<\/p>\n<p>Mahallaning oqsoqoli kelib, egniga yaktakni tashladida, boshiga Ilyos akanihg yoshligida o&#8217;zi kiygan chakana do&#8217;ppisini qistirib,qo&#8217;liga belbog\u02bbni berdi va Ibrohimdan uzoqlashdi.<\/p>\n<p>Birozdan so\u02bbng Janoza soat nechada o&#8217;qilishi aniq bo\u02bbldi.<br \/>\n-Ixtiyor!<br \/>\n-Ha, labbay, keling qo&#8217;shni.<br \/>\n-Ilyosjonning Janozasi 10:30da ekan xabaringiz bormi? Uyda bo&#8217;lasizmi, chaqiraman, birga o&#8217;tib kelamiz.<br \/>\n-Ha, ha, aka, uydaman, bo&#8217;pti.<\/p>\n<p>***<br \/>\nTobut atrofida tumonat odam yig&#8217;ilgan.<br \/>\nIbrohim Tobutning oldida turibdi. Darvozadan chiqishda Fotima opa o&#8217;g&#8217;lining qo&#8217;liga yopishdi:<br \/>\n-Ib-ib-Ibrohim, jon bolam, olib ketma Otangni!<br \/>\nOnasini bunday holatda ko\u02bbrib, chidab turolmadi va tobutni tezroq uydan chiqarib ketishlarinini xohladi.<br \/>\nVa tobut ham yengilgida bir harakat bilan erkaklar yelkasiga qo&#8217;ndi. Ibrohim esa hali tobutni yelkasiga ololmasdi, uning kichik jussasi faqatgina Ismoilni opichlab yurishga moslashgan edi. Faqatgina old tomondan yurib qo&#8217;lida hassa tutib yig&#8217;lab borardi xolos.<\/p>\n<p><em>(Shu o\u02bbrinda hikoyani o&#8217;qiyotganlarda bir savol tug\u02bbilishi tabiiy.<\/em><br \/>\n<em>Ilyos akaning aka-ukalari, qarindoshlari yo&#8217;qmi, nahotki tobutini yot-begona hamqishloqlari ko&#8217;tarsa?)<\/em><br \/>\nHa, to&#8217;g&#8217;ri o&#8217;yladingiz, Ilyos bolalar uyida katta bo\u02bblgandi.<br \/>\nFotima ham bittayu bitta qiz edi oilada, uning otasi bolalar uyida qorovul bo&#8217;lib ishlardi. Fotima har gal otasining oldiga borganida Ilyos uni ko&#8217;rib, va bollalarcha beg&#8217;uborlik bilan:<br \/>\n-Foti!<br \/>\n-Ha&#8230;<br \/>\n-Katta bo&#8217;lsak biz ikkalamiz kelin-kuyov bo&#8217;lamiz, &#8212; derdi.<br \/>\nMana, yillar o\u02bbtib, Fotima opaning o&#8217;sha beg&#8217;ubor Ilyosi uni bir umrga tark etib ketyapti.<\/p>\n<p>Mayyitni oq mato o&#8217;ralgan tobutda olib ketishardi, sekin-asta chayqalib ketayotgan tobutning ichida esa, Ilyos abadiy uyquda, yuzida ajib bir nur bilan yotardi.<\/p>\n<p>Atrofdagi insonlarning gap-so&#8217;zlari eshitildi:<\/p>\n<p>-Ilyosjonni hech kimdan qarzi yo&#8217;qmidi, ayoli bir amallab ro&#8217;zg&#8217;orni tebratardi, qarzi bo&#8217;lishi tabiiy&#8230;<br \/>\nShu kabi so&#8217;zlar Ibrohimga shu vaqtdan boshlab haqiqiy mas&#8217;ulliyatini, oilasiga qanchalar kerakliligini eslatdi.<\/p>\n<p>Ilyosni qora tuproqqa topshirib kelishdi. Hamma o&#8217;z uyiga tarqaldi. Ibrohim Ismoilni Sarvarlarnikidan olib kelishga chiqib ketdi.<\/p>\n<p>-Aka&#8230;<br \/>\n-Nima deysan?<br \/>\n-Menga langli, chilolli qalam bo&#8217;yoqlal olib belasizmi?<br \/>\n-Ha.<br \/>\nAkasining bir og&#8217;iz qo&#8217;rs gapidan so&#8217;ng &#171;akam menga rangli qalam olib berarkan, endi nimalarni chizishim kerak&#187;, deb mitti barmoqchalari bilan sanadi va 3 ta barmog&#8217;ini bukdi.<br \/>\nOradan bir hafta o&#8217;tib Ilyosning ma&#8217;rakasini o&#8217;tkazib olishdi, albatta. Bu xarajatlar uchun Ibrohim darslardan voz kechib, mardikorlik qilishga majbur bo&#8217;ldi.<\/p>\n<p>O&#8217;sha kuni tunda Fotima ertalab nonushtaga non olish uchun deb, olib qo&#8217;ygan pulini eshigi qiyshayib qolgan shkafning ustki tortmasiga kichkinagina ro&#8217;molchaga tugib qo&#8217;ydi, buni Ibrohim ko&#8217;rdi.<\/p>\n<p>Ichkari uydan Ismoilning g&#8217;inshib uyg&#8217;onganini ko&#8217;rgan Ibrohim uyga kirib ketdi.<br \/>\n-Aka, akajon!<br \/>\n-Ha?<br \/>\n-Eltagachi, eltaga man bitta lasm chizaman&#8230;<br \/>\n-Qanaqa rasm?<br \/>\n-Ha, aytgancha langli qalam olib keldizmi?<br \/>\n-Yo&#8217;q!<br \/>\n-Ey, aka-akajon, qalam olib belaman degandingizku&#8230;<br \/>\n-Ha, xop, Ismoil, ertaga albatta, olib kelaman.<br \/>\n-Lostanmi aaa?<br \/>\n-Ha, rostdan olib kelaman, bugun uxla<br \/>\n-xop?<\/p>\n<p>Ertalab barvaqt turgan Ibrohim kecha tunda onasining nonga deb qo&#8217;ygan pulini olib ketib qoldi.<br \/>\nFotima opa buni ko\u02bbrib:<br \/>\n-Ha, o&#8217;g&#8217;lim mas\u02bculiyatni his qila boshlabdi. Xudoga shukur, otasining umrini ham buning umriga qo&#8217;shib bersin illohim,- deb ozgina o&#8217;zini yupatdi.<\/p>\n<p>Ibrohim uydan chiqib ketar ekan, pulga nima olishni reja qilib qo&#8217;ygan edi. lekin onasining rejalari bu ikki aka-uka rejalariga mutlaqo teskari edi.<\/p>\n<p>Tuman markaziy bozorida odam gavjum. Ismoil bir oydan beri &#171;rangli qalam&#187; deb harxasha qilishni hech qo&#8217;ymasdi. Aka 12 ta rangli qalamlari bor qog&#8217;oz o&#8217;ramni olib sotuvchi ayolga yuzlandi:<br \/>\n&#8212; Assalomu alaykum, opa, buning narxi necha so&#8217;m?<br \/>\n&#8212; Vaalaykum assalom, besh ming.<\/p>\n<p>Ibrohimning uydan olib chiqqan puli esa sakkiz ming edi.<br \/>\nSotuvchi ayol qo&#8217;liga besh mingni tutqazdida, qalamdonni egnidagi otasi yoshlik chog\u02bblarida kiyib, ancha siyqasi chiqqan kamzuli cho&#8217;ntagiga solib qo\u02bbydi.<\/p>\n<p>Endi Ibrohim non rastasiga yaqinlasharkan, uyida nima bor, nima yo&#8217;qligini eslab qoldi. Ha, to&#8217;g&#8217;ri, ro&#8217;zg&#8217;orda biron bir sabzavot yo&#8217;q edi. Bularni o&#8217;ylab, qiynalib ham o&#8217;tirmadi, sharta qo&#8217;lida qolgan uch ming so&#8217;m pulga bitta non sotib oldi.<\/p>\n<p>Uyiga bitta non ko&#8217;tarib kelayotgan o&#8217;g&#8217;lini ko&#8217;rgan Fotima opa nonushta tayyorlashga tushdi. Lekin nonushta tayyorlashga hech nima yo&#8217;q edi. U stol ustiga qo&#8217;yilgan nonni sindirdi.<br \/>\n&#8212; Ukangni chaqir, Ibrohim!<br \/>\n&#8212; Ismoil!<br \/>\n-Hmmm&#8230;<br \/>\n-Tur!<br \/>\n-Hozir, aka ozgina uxlay&#8230;<br \/>\n-Tur, turaqol, Ismoil. Bilasanmi, senga sovg\u02bba olib keldim.<br \/>\n&#8212; Aaaa! Nima olib keldiz, aka?!<br \/>\n-O&#8217;zing o&#8217;ylab ko&#8217;rchi.<br \/>\n-Ha, bo&#8217;ldi. Topdim, &#8212; deb shartta o&#8217;rnidan turib ketdi.<br \/>\nIchida akam manga rangli qalam olib kelibdi. Bilardim o&#8217;zi, endi nima chizishni o\u02bbylab ko&#8217;rish kerak.<\/p>\n<p>-Oyi, oyijon.<br \/>\n&#8212; Ha, Ismoiljon.<br \/>\n-Akamc-hi, menga rangli qalam olib kelibdilar!<br \/>\n-Ha, rostdanmi? &#8212; dedi ona. O&#8217;zi\u00a0 Ibrohimning ertalabdan rangli qalam uchun chiqib ketganini sezgandi.<\/p>\n<p>-Qani, o&#8217;tiringlar birga nonushta qilamiz!<br \/>\n-Aka, qalamlarni qayerda qo&#8217;ydingiz?<br \/>\n-Ovqatingni yeb olginchi avval!<\/p>\n<p>Ismoil ikki bo&#8217;lak nonni olib, yeyishni boshladi.<\/p>\n<p>Ertalabgi nonushtadan keyin Ibrohim kunlik ishga chiqib ketdi.<br \/>\nIsmoil akasinihg cho&#8217;ntagidan rangli qalamlarni topib olib, ichkari xonaga kirib, qulflanib oldi va qornini yerga berib yotdi. Oq varaqning to&#8217;rtta tomonidan ramka chizishni boshladi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignnone size-medium wp-image-7341\" src=\"http:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/-2-\u0431\u0440\u0430\u0442\u044c\u0435\u0432-\u043b\u0435\u0436\u0430-20945852-e1663942407325-300x199.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"199\" srcset=\"https:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/-2-\u0431\u0440\u0430\u0442\u044c\u0435\u0432-\u043b\u0435\u0436\u0430-20945852-e1663942407325-300x200.jpg 300w, https:\/\/manzur.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/-2-\u0431\u0440\u0430\u0442\u044c\u0435\u0432-\u043b\u0435\u0436\u0430-20945852-e1663942407325.jpg 500w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/p>\n<p>O&#8217;ng tomon burchakda, albatta Ismoil tengi yosh bolalarga doimiy odat &#8212; doira shaklida sap-sariq quyosh joylashdi, orqa fonda uncha baland bo\u02bblmagan, lekin cho&#8217;qqisidagi\u00a0 qor hali erib bitmagan tog\u02bblarni chizdi.<\/p>\n<p>Birinchi bo\u02bblib o&#8217;zini chizishni boshlagan Ismoil, o&#8217;ng qo&#8217;lidan tutgan otasi Ilyosni, chap qo&#8217;lidan tutgan Onasi Fotimani ham tasvirladi.<\/p>\n<p>(Ha, to&#8217;g&#8217;ri, Ibrohimchi, hikoyamizning bosh qahramonichi u qayerda qoldi?)<br \/>\nAka bu &#8212; ukalarning hayotidagi, bolalikdagi shirin xotiralarni miriqib kulib eslashga sabab bo&#8217;ladigan inson. Ismoilning akasi ham xuddi shunday, uni orqasida turib beradigan munosib tirgak edi, shamolda sinmasligi uchun, yomg&#8217;irda qolmasligi uchun, jazirama quyosh taftida kuymasligi uchun, otasi o&#8217;tganidan keyin &#171;yetimcha&#187; degan nomni olmasligi uchun ham, barcha-barchasi uchun tog&#8217;dek uning ortida turib bergan yagona qahramon edi. Ammo u o&#8217;zini chizmagani uchun ukasidan xafa bo&#8217;lmadi.<\/p>\n<p>Rasm tayyor, uni akasiga ko&#8217;rsatish qoldi, xolos. Yo\u02bbq, yo\u02bbq, bo&#8217;lmaydi. Ibrohimga bu rasmni ko&#8217;rsatolmaydi. Yaxshisi, uni shunday bir joyda qo&#8217;ysinki, Ibrohimning o&#8217;zi rasmni ko\u02bbrib qolsin.<\/p>\n<p>-Ismoil, qayerdasan?<br \/>\n&#8212; Labbay, oyijon!<br \/>\n&#8212; Qayerdasan deyapman, Ismoil?<br \/>\n&#8212; Hov, labbay oyijon!<br \/>\n&#8212; Nima qilyapsan ichkarida? Qidirmagan joyim qolmadi.<br \/>\n&#8212; Ha, ana uuu, haligi&#8230;<br \/>\n&#8212; Nima u qo&#8217;lingdagi? Qani, berchi!<br \/>\n&#8212; Yo\u02bbq, hech narsa emas&#8230;<br \/>\n&#8212; Ber dedim! Qani, nima ekan u?<br \/>\nAna, xolos, Fotima opa rasmni ko\u02bbrib qoldi. Mayli, yaxshi bo&#8217;ldi, onasidan yashirishning nima keragi bor?<\/p>\n<p>Fotima opa rasmni ko\u02bbrib Ismoilning boshini silab peshonasidan o\u02bbpib qo\u02bbydi va boshqa hech narsa demay xonadan chiqib ketdi.<\/p>\n<p>Kech tushib, Ibrohim ishdan qaytdi. Rosayam charchagan bola o&#8217;zini uyga kirish eshigidagi ostonaga otdi. Akasining shunday charchab kelishini kutgan Ismoil hammalari birga turadigan xonadagi stol ustiga rasmni qo&#8217;ygan edi. Chunki u bilardi, akasi uchun xuddi shu stolda achchiqqina sovigan choy turibdi va Ibrohim kechki ovqat tayyor bo&#8217;lguncha bir choynak choy ichib, charchog&#8217;ini chiqaradi.<\/p>\n<p>Bu gal Ibrohim choyga qaramadi, u oq qog&#8217;ozga chizilgan rasmni ko&#8217;rib qoldi. Uni katta taassurot bilan tomosha qildi. Buni ko&#8217;rib turgan Ismoil akasining oldiga kelib erkalandi:<br \/>\n&#8212; Qalay chiqibdi? Leonardo Da Vinci bo&#8217;ldimmi endi? &#8212; dedi qoshlarini chimirib<br \/>\n&#8212; Ha, albatta-da, o&#8217;zimni Ismoil Vinchiyim!<br \/>\n-Ey, hazilashmayapman, &#8212; deb jiddiy uka.<br \/>\n&#8212; Men ham hazillashganim yo\u02bbq, to&#8217;g&#8217;risi, juda chiroyli chizibsan!\u00a0Zo&#8217;r rasm bo&#8217;libdi, Ismoil.<br \/>\n&#8212; Rahmat, akajon,- deb o&#8217;zini Ibrohimning quchog&#8217;ga otdi.<br \/>\nBularni kuzatib turgan Fotima opa aka-ukaning mehr-oqibatini ko\u02bbrib, ko&#8217;ziga yosh oldi. Illohim oqibatlaringiz oxirigacha bardavom bo\u02bblsin, deb yuziga fotiha tortdi.<\/p>\n<p>***<br \/>\nMana shu voqealar bo\u02bblib o&#8217;tganiga ham o&#8217;n yil bo\u02bbldi.<br \/>\nIbrohim bu yil O\u02bbzbekiston Davlat jahon tillari universitetining birinchi bosqich magistranti. Ismoil esa akasiga havas qilib, Jahon tillari universitetiga kirish uchun g&#8217;ayrat bilan tayyorgarlik ko&#8217;ryapti. Bu kunlarning barchasi yosh bolalarning olgan zarbalari natijasi, ularning tinimsiz mehnatlari ortidan kelgan yutuqlar, albatta.<\/p>\n<p>Yaqinda Fotima opaning tug&#8217;ulgan kuni, aka-uka onasiga tug&#8217;ulgan kuniga deb katta sovg\u02bba tayyorlagan. Bu sovg&#8217;a Umra safariga yo&#8217;llanma&#8230;<\/p>\n<p><strong>Shalola SAVRIYEVA, <\/strong><strong>Buxoro viloyati G&#8217;ijduvon tibbiyot kolleji talabasi.<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>-Ibrohim, o&#8217;g&#8217;lim,- deya chaqirdi inqillab yotgan bemor. Onasining ta&#8217;na-dashnomlaridan qo&#8217;rqib qolgan bola ovozdan sergak tortdi,<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7342,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[6],"tags":[1615,1616],"views":1256,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/7340"}],"collection":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=7340"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/7340\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7345,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/7340\/revisions\/7345"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/7342"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=7340"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=7340"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/manzur.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=7340"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}