Elektron jurnal tizimining afzalliklari bilan birga kamchiliklari ham bor 

Bir narsa men quvontiradi ushbu tizim maktablar aro raqobatga sabab bo’lmoqda. Nega deganda, har hafta yangi statistika chiqariladi va har bir maktab o’tgan haftada yaxshi yoki yomon faoliyat olib borganini hamma bilib oladi. Buning natijasida o’z- o’zidan maktablar orasida raqobat shakllanadi.

Kamola BUZRUKOVA, Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi 59-DIUM informatika fani o`qituvchisi

Hammamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tamonidan yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablar uchun «Kundalik.com» tizimi joriy  etildi.

Kundalik – oʻqituvchilar, oʻquvchilar va ota-onalar uchun raqamli taʼlim platformasidir. Ushbu tizim har bir o’qituvchining qulayligini o’ylagan holatda qulay usulda yaratilgan bo’lib, bunda tizim onlayn tarzda o‘qituvchilarni darslarini rejalashtirish, dars jadvallarini tuzish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi va davomatini elektron jurnalda qayd etib borish, baholash va uy vazifalarini tekshirish, maxsus vositalardan foydalangan holda ota-onalar bilan onlayn aloqani oʻrnatish, maktabdagi muhim voqealar, oʻquvchilarning yutuqlari haqida maʼlumot berish kabi ishlarni bajarishlari mumkin. Shuningdek, ta’lim boshqaruv organlari va muassasalarga avtomatik tarzda statistik hisobotlarni shakllantirish uchun juda qulay tizim hisoblanadi.

Electron jurnal ta’lim soxasiga kirib kelishidan asosiy sabab, awal har bir o’qituvchining qo’l mehnatining hajmi anchaginani tashkil etar edi. Mana shunaqa qog’ozbozliklarni oldini olish maqsadida ham mamlakatimizning ta’lim soxasiga electron shakldagi jurnal kirib kelishiga bir turtki bo’ldi.  Tizim oʻqituvchilarni qogʻoz ishlari, koʻplab hisobotlarni qoʻlda toʻldirish kabilardan xalos qildi va o’qituvchining vaqtni tejashga va oʻquvchilarga koʻproq eʼtibor qilishga yordam bermoqda.

Kundalik tizimida muloqot xavfsizligi ta’minlangan

Kundalik oʻquvchilar va ularning ota-onalari uchun baholar va uy vazifalarini kecha-yu kunduz koʻrish imkoniyati ya’ni awal o’quvchi qaysi fandan nima vazifa berilganini esla olmay qiynalgan bo’lsa, hozirda bu muammo kundalikda bartaraf etilgan sababi o’quvchi xoxlagan vaqtida kundalik.com tizimiga o’z login va paroli yordamida  kirib uy vazifasini ko’rish imkoniyati mavjud. Shu bilan bir qatorda samarali aloqa uchun xavfsiz tarmoq hisoblanadi ya’ni o’quvchi dars vaqtida mavzuni tushunmay qolgan va sinfdoshlaridan tortinib mavzuga doir savollari bilani ustoziga murojaat qila olmagan bo’lsa, o’zining savollarini o’qituvchiga tizim orqali bemalol yuborish imkoniyatini beradi va ushbu muloqotning xavfsizligi ta’minlangan bo’lib, begona shaxslarga ko’rinmaydi. Shu bilan bir qatorda asosiy qulayligi va xavfsizligi shundaki, har bir o’quvchi o’z baxosini faqatgina o’zi va unga biriktirilgan shaxs (ota-onasi yoki boshqa bir qarindoshi) ko’rish huquqiga ega bo’ladi.

Ota-onalar uchun taʼlim platformasida bolaning maktab hayoti haqida batafsil maʼlumotlar mavjud. Unda baholar va uy vazifalarini koʻrish, bolalar darslarga qanday borayotganligini bilib olish, oʻqituvchilar, maktab direktori va boshqa ota-onalar bilan oʻylantirgan mavzularni muhokama qilish mumkin. Ayni paytda ota-onalar uydan chiqishlari yoki ishdan chalgʻishlariga hojat yoʻq. Shunday qilib, ular oʻz farzandlarining oʻqish jarayonlarini yanada diqqat bilan kuzatib boradi va unda faol ishtirok etadi.

Kundalik tizimi har bir fan o’qituvchisidan juda kuchli ma’sulyatni talab qiladi, sababi o’qituvchi o’ziga biriktirilgan sinflariga o’z vaqtida uy vazifa bermasa yokida darsda javob bergan o’quvchilarni o’z vaqtida baxolab bormasa bu uning ko’rsatkich foizi pasayishiga olib keladi va bu o’zidan-o’zi maktabning ham ko’rsatkichi pasayishiga sabab bo’ladi. Bundan bilishimiz mumkinki, o’qituvchilarimizdan kuchli mas`ulyat va e’tiborni talab qiladi. Shu bilan bir qatorda eng muhim jihatlaridan biri, fan o’qituvchisi qo`ygan bahoni sinf rahbari o’zgartira olmaydi. Qog’oz jurnalda esa biz ba’zi hollarda shu muammolarga duch kelar edik. Elektron jurnal tufayli bu muammo ham o’z yechimini topdi.

Shu bilan bir qatorda o’quvchilardan ham katta mas`ulyatni talab qiladi ya’ni har bir o’quvchi berilgan vazifalarni o’z vaqti tayyorlashi kerak bo’ladi.

kundalik.com`ga video qo’ng’iroq ham qo’shilsa…

«Guruch ko’rmaksiz bo’lmaydi» deyishganidek, ushbu tizimda ham kamchilik mavjud ya’ni o’quvchilar bilan yozma ravishda gaplasha olamiz lekin to’g’ridan – to’g’ri muloqot qila olmaymiz. Ya’ni biz yuborgan savolga aniq o’quvchini o’zi javob berdimi yokida unga kimdir yordam berdimi biz buni yozma ravishda gaplashganimizda bilmaymiz. Men bir taklif  kiritmoqchiman yurtimizda hali karantin davom etmoqda, shu sababli ba’zi o’quvchilarimiz hali ham online ta’limda, u o’quvchilar vazifalarni electron jurnalga joylashiyabdi. Biz vazifalarni tekshiriyapmiz lekin to’g’ridan to’g’ri muloqot qila olmayapmiz. To’g’ridan to’g’ri muloqot uchun esa “zoom” dasturidan foydalanishga majbur bo’lmoqdamiz. Agarda kundalik.com tizimiga video qo’ng’iroq ham qo’shilsa, onlinedagi o’quvchilar bilan to’g’ridan to’g’ri muloqot va savol javob qilishimizga ancha qulay bulardi. Yana shu narsani aytib o’tmoqchimanki, agarda video qo’ng’iroqni  ushbu tizimga kiritishsa, ma’lum bir shaxslar uchun video qo’ng’iroqni cheklab quyadigan funksiyasini ham qo’shish kerak bo’ladi. Chunki, ba’zi o’quvchilarimiz o’ta sho’xligini ham inobatga olishimiz kerak.

O’qituvchi sifatida va o’z faoliyat olib borayotgan maktabimning admini sifatida bemalol shuni ayta olamanki, umuman olganda menga bu tizim juda yoqdi. Chunki  ushbu tizimdan unumli foydalanish kerak, tizimdan unumli foydalanishni bilsangiz uning siz uchun tayyorlagan barcha qulayliklariga ega bo’lasiz. Biz o’qituvchilar uchun tayyor hisobotlar va tayyor monitoring natijalari, o’quvchilar ro’yxati, davomati, baxolar statistikasi va shunga uxshash bir qanchadan ortiq qog’ozbozliklardan yiroq bo’lgan o’zimizga kerakli tayyor hujjatlarni olishimiz mumkin. Yana bir narsa men quvontiradi ushbu tizim maktablar aro raqobatga sabab bo’lmoqda nega deganda, har hafta yangi statistika chiqariladi va har bir maktab o’tgan haftada yaxshi yoki yomon faoliyat olib borishganini bilish huquqiga ega bo’ladi va bu o’z- o’zidan ma’lumki maktablar kim o’zarga o’ynashadi va raqobat shakllanadi. Raqobat bor joyda o’sish bo’ladi! O’sish bor joyda harakat, harakatda esa mas’ulyat, ma’sulyatda esa yaxshi ish va yaxshi ta’limga erishiladi.

Диққат! Агар сиз сайтда хатоликларни аниқласангиз, уларни белгилаб Ctrl+Enterтугмасини босинг.

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: