«Turkiya madaniyat shaharchasi» prezident administratsiyasi simfonik orkestri binosi foydalanishga topshirildi

Deyarli 2 asrlik tarixga ega dunyodagi eng qadimgi orkestrlardan biri bo‘lgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi simfonik orkestri (SSO) joriy yil 3 dekabr kuni o‘zining yangi binosi ochilishida muhtasham gala-konsertini namoyish etdi.

Albatta, yangi (SSO) binosi mamlakat hayotiga yangicha madaniyat va sanʼat nafasini olib kiradi.

Turkiya umumbashariy sanʼat rivojiga katta hissa qo‘shayotgan davlatlardan biridir. Bu zaminning hayratga soluvchi tarixiy yodgorliklari, shaharlarining go‘zalligi, dinamik atmosferasi va ikki qitʼani birlashtirgan noyob joylashuvi, shuningdek, madaniyat va sanʼatga qaratilayotgan katta eʼtibor barchada unutilmas hissiyotlar qoldiradi.

Tashkil etilishi 1826 yillarga taalluqli bo‘lgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi simfonik orkestrining Anqara shahrida qurilgan yangi binosi, bugun 3 dekabr kuni ochildi. Unda Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an hamda Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy ishtirok etdi. Simfonik orkestr konsertlari ertaga va indinga ham davom etadi.

Orkestr binosining  ochilishida Jami Jon Deliorman boshchiligidagi konsert dasturi namoyish etildi. Unda dunyoga mashhur soprano ovoz sohibi Angela Georgiu, dunyodagi eng yaxshi fortepiano dueti opa-singil Guher va Suher Pekinel hamda dunyoga mashhur pianinochi Idil Biret alohida chiqish qildi.

Arxitektor Semra va O‘zjan Uygur juftligi loyihasida ishlab chiqilgan yopiq maydoni 62 547 kvadrat metrga ega bo‘lgan yangi binoda: Prezident simfonik orkestri, shuningdek Anqara davlat polifonik musiqalari xori, Anqara Turk Jahon musiqa ansambli, Anqara davlat turk xalq musiqalari xori, Anqara davlat mumtoz turk musiqalari xori va Davlat xalq raqs ansambli faoliyat olib boradi.

Yangi binoda 2023 kishiga mo‘ljallangan katta konsert zali, 500 kishilik kichik konsert zali, 10 ming kishini o‘ziga sig‘diruvchi ochiq konsert maydoni va Prezidenti Administratsiyasi simfonik orkestri muzeyi ham mavjud.

Nafaqat Turkiyada, balki butun dunyoda sanoqli bo‘lgan muxtasham konsert zallaridan biri sifatida barpo etilgan Prezident Administratsiyasi simfonik orkestri binosi, Turkiyadagi simfonik orkestr uchun mo‘ljallangan ilk bino hisoblanadi. Ushbu bino nafaqat dunyo metropolitenining ko‘zga ko‘ringan musiqa markazlaridan biri, balki xalqaro maʼnoda madaniy va badiiy sanʼat durdonalarini taqdim etuvchi ijodiy markaz bo‘lishi kutilmoqda.

Orkestr binosining ochilishida Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining maxsus mehmoni sifatida turli qardosh davlatlar sanatkorlari va jurnalistlari, shuningdek, ko‘plab mahalliy va xorijiy mehmonlar ham ishtirok etdi. Ushbu ochilish marosimida ijtimoiy masofadan tortib, SOVID-19 bilan bog‘liq barcha chora-tadbirlarga qatʼiyan rioya qilindi.

Prezident Administratsiyasi simfonik orkestriga mezbonlik qiladigan «Katta zal», «Moviy zal» va «Tarixiy SSO zali» joylashgan madaniyat va sanʼat markazi butun yil davomida mumtoz musiqadan tortib anʼanaviy musiqagacha, jahon musiqasidan tortib, zamonaviy musiqagacha ko‘plab boy asarlar bilan dunyoning turli burchaklaridagi sanʼat ixlosmandlari uchun o‘z eshiklarini ochadi.

Pandemiya davrida Turkiyada madaniyat va sanʼat

Turkiya pandemiya davrida madaniyat va sanʼat yo‘nalishida ham qatʼiy chora-tadbirlar joriy etildi. Bular qatorida madaniyat va sanʼat sohasida faoliyat yurituvchi muassasalar: kino, teatr, bosma matbuot, kitoblar, jurnallar, davriy nashrlar va tashkilotlar, shu jumladan korxonalarda pandemiya sharoitida xodimlar va muxlislar xavfsizliklari taʼminlandi.

Диққат! Агар сиз сайтда хатоликларни аниқласангиз, уларни белгилаб Ctrl+Enterтугмасини босинг.

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: