Turkiya «TAŞ TEPELER» loyihasini namoyish qildi

 


TAŞ TEPELER loyihasi Go’beklitepe, Karaxantepe, Gurjutepe, Sayburch, Chakmaktepe, Sefertepe va Yangi Mahalle tepaliklarini o’z ichiga olgan yettita hududda olib borilgan arxeologik qazishmalar va tadqiqotlarni o’z ichiga oladi.
Dastur doirasida Karaxantepadagi vaqtinchalik ochilgan arxeologik qazishmalar ham borib ko’rildi. Mazkur arxeologik qazishmalar Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi Madaniy boyliklar va muzeylar bosh boshqarmasi rahbarligidagi ilmiy qo’mitalar va Shanliurfa muzeylari direktsiyasi tomonidan olib borilmoqda.


Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy Karaxantepaga tashrifi chog’ida, bu joylar va bu yerda olib borilayotgan arxeologik qazishmalarning Anatoliyaning insoniyat tarixiga qo’shgan muhim hissasini ochib berganini ta’kidladi.
Ersoy, “Kelgusi 2021-2024 yillar oralig’ida amalga oshiriladigan Shanliurfa Neolit davri tadqiqot loyihasining birinchi bosqichi doirasida Ayanlar, Yo’g’unburch, Harbetsuvan, Kurttepesi va Taşlıtepe tepaliklarida qazish ishlari boshlanadi. Bu hududlarning bir nechtasida allaqachon geomagnit va yerusti radiolokatsiya tekshiruvlari amalga oshirilgan. Bu tekshiruvlar qazish ishlari bilan parallel ravishda davom etadi. Bu ajoyib tarkib va natijalarga ega bo’lgan muhim loyihadir.
Vazirlik sifatida biz manfaatdor tomonlar bilan birgalikda ushbu loyihaga mas’ulmiz. 12 ta muassasa va tashkilot, jumladan, Turkiyadagi sakkizta universitet bilan hamkorlik rejalashtirilgan.
Bu doirada Istanbul universiteti, Harran universiteti va Anqara Bilim universiteti bilan to’g’ridan -to’g’ri hamkorlik protokollari imzolandi.
Biz, shuningdek, Yaponiya, Rossiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Frantsiya bilan keng miqyosli xalqaro aloqalarni yo’lga qo’ygan holda, Shanliurfadagi Neolit davri tadqiqotlari loyihasiga mazkur besh mamlakatdagi sakkizta universitet va to’rtta xalqaro akademiya, institut va muzeylarni ham jalb qildik.” dedi.


Shanliurfa viloyati, sivilizatsiya tarixida uyushgan mehnat va ixtisoslashuvning birinchi namunalarini o’z ichiga oladi.
2021-2024 yillar oralig’ida shu jumladan YuNESKOning Butunjahon merosi ro’yxatidagi Go’beklitepaga o’xshash 250 dan ortiq T shaklidagi megalit bloklari bo’lgan Karaxantepe tepaligini ham o’z ichiga olgan jami 12 joyda qazish ishlari olib boriladi.
Arxeologik qazishmalar paytida topilgan topilmalarning jumladan, insonlarning kundalik hayoti va urf-odatlariga oid tarixdan oldingi davrlarda insoniyat haqidagi bilimlarimizga muhim va katta hissa qo’shadi, deb xisoblanadi. Taxminlarga ko’ra, Shanliurfada Go’beklitepaga o’xshash, Neolit davrining dastlabki bosqichlarini aks ettiruvchi bir qancha joylar bor.
Karaxantepa qazishmalarining so’nggi topilmalari shu yilning 23 sentyabr kuni TAŞ TEPELER loyihasini ishga tushirish paytida ochilgan Shanliurfa arxeologiya muzeyidagi «Karaxantepa va Neolit davridagi odam ko’rgazmasi»da namoyish etilmoqda.
TAŞ TEPELER loyihasi 12 ming yil oldin boshpanalarning uylarga aylanib qishloqlar paydo bo’lishi, tabaqalashgan tuzim shakllanishi va ibtidoiy savdo-sotiq rivojlanishining boshlanishi hisoblanadi. Bu hududdagi monumental megalitik tuzilmalar odamlar to’planadigan jamoaviy joylar ekanligi tahmin qilinadi.
Neolit davri tadqiqot loyihasi doirasida 2023 yilda o’tkaziladigan Xalqaro jahon neolit kongressi ko’plab ilmiy loyihalarni o’z ichiga oladi va Neolit davriga oid Shanliurfaning noyob madaniy boyliklarini namoyish etadi.

TGA haqida:

TGA Turkiyaning ichki va xalqaro turizmda taniqli brend bo’lishini ta’minlash uchun faoliyat olib boradi.
TGA Turkiya merosining barcha jihatlarini targ’ib qiladi, qisqa, o’rta va uzoq muddatli hamkorlik va marketing faoliyati bilan shug’ullanadi hamda turizm sohasining milliy iqtisodiyotdagi ulushini oshirishga hissa qo’shadi, shu bilan birga Turkiyaga tashrif buyurganlarning tajribasini oshiradi. TGA Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan turizm maqsadlariga erishish, butun dunyo bo’ylab mavjud turizm resurslarini targ’ib qilish va sotish, turizm strategiyasi va siyosatiga muvofiq potentsial sayyohlik resurslarini kashf qilish, ishlab chiqish va mavjud qilish uchun barcha reklama, marketing va muloqot tadbirlarini o’tkazish uchun mas’uldir.
Manba: www.goturkiye.com

Диққат! Агар сиз сайтда хатоликларни аниқласангиз, уларни белгилаб Ctrl+Enterтугмасини босинг.

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: