
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani 7-umumiy o’rta ta’lim maktabida Alisher Navoiy tavalludining 581yiligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirga O’zbekiston yozuvchilar uyushmasining a’zosi, shoira Nargiza Asadova hamda uning shogirdi Abdujabborov Saidakbar tashrif buyurdilar. Nargiza Asadova g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy va shox va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayot va ijodi haqida o’quvchilarga batafsil so`zlab berdi.

Nargiza Asadova o’zining bir qancha sheriy to’plamlaridan tadbir ishtirokchilarini bahramand qildi.
O’quvchilar ham o’zlari yod olgan sher, ruboiy va g’azallaridan aytib berishdi. Nargiza Asadova muloqotda faol ishtirok etgan o’quvchi va o’qituvchilarga kitob va faxriy yorliqlar taqdim etdi.
Rustam IKROMOV, 7-maktabning maʼnaviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Ўхшаш хабарлар
-
Toshkentda Ozarbayjon va O‘zbekiston adabiy-madaniy aloqalariga bag‘ishlangan nashrlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi
-
Астраханда Алишер Навоийнинг 585 йиллиги кенг нишонланди
-
Россияда 10 ёшли тожикистонлик бола пичоқлаб ўлдирилди
-
Ўзбекистон ҳудудидан қадимий «темир шаҳар» излари топилдими?
-
Овқатдан заҳарланиш диққат марказига чиқди