Oʼzbekiston-Turkiya o`rtasida ijtimoiy-gumanitar yoʼnalishdagi ilmiy aloqalar rivojlanmoqda

Oʼzbekiston hamda Turkiya oʼrtasida jamiyatimizning barcha jabhalari singari ilm-fan sohasidagi hamkorlik yuksak darajada yo’lga qo’yilgan.

 Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʼzbek tili, adabiyoti va folklori instituti adabiy aloqalar va adabiyot nazariyasi hamda oʼzbek mumtoz adabiyoti boʼlimlari xodimlari tomonidan turk adabiyoti tarixi va buguni chuqur tadqiq etib kelinmoqda. Turk adabiyoti haqida ilmiy ishlar, tadqiqotlar olib borilmoqda.

Bugungacha Institut Turkiya Jumhuriyatining bir qator ilmiy tadqiqot markazlari va oliy taʼlim muassasalari bilan aloqalar oʼrnatgan. Jumladan, Аnqara universiteti, Аnqara Hoji Bayram Vali universiteti, Karabuk universiteti, Аmasya universitetlari bilan ilmiy hamkorliklar yoʼlga qoʼyilgan. Аnqara universiteti professori Аynur Oʼz Oʼzjan, Hoji Bayram Vali universiteti professori Vali Savash Yeluk, Ege universiteti professori Fikret Turkman, Аmasya universiteti professori Metin Orbaylar Turkiya tomonidan vakil sifatida faoliyat olib borishmoqda. Yuqorida aytilgan universitetlar bilan hamkorlik shartnomalari mavjud. Hamkorlik shartnomalarida, asosan, oʼzbek va turk ijodkorlari asarlarini tarjima qilish, ular asosida ilmiy tadqiqotlar yaratish, tadqiqotchilarni Turkiya taʼlim muassalarida stajirovkaga yuborish, folklor ekspeditsiyalariga olib chiqish, maʼlum mavzular doirasida hamkorlikda ilmiy loyihalar ustida tadqiqotlar olib borish, dissertatsiyalarga ilmiy rahbarlik va opponentlik ishlarida hamkorlik qilish kabi masalalar belgilangan.

Shuningdek, FA Milliy arxeologiya markazi va Turkiya Respublikasining Istanbul universiteti Sanʼat tarixi instituti oʼrtasida Qashqadaryo viloyati Koson tumanida joylashgan Yerqoʼrgʼon yodgorligida arxeologik izlanishlar olib borish haqida shartnoma imzolangan. Milliy arxeologiya markazi ushbu tadqiqotlarni yanada rivojlantirish uchun Turkiya ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda qadimda Yevroosiyo mintaqasida koʼchmanchi chorvadorlarning tarqalishi, Turk hoqonligi va turkiy davlatlar (Saljuqiylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, Temuriylar) tarixini oʼrganish borasida qoʼshma izlanishlar olib borish taklifini bildirgan.

Bundan tashqari, FА Davlat adabiyot muzeyi Turkiyaning Karabuk universiteti bilan ilmiy hamkorlikni yoʼlga qoʼygan. 2020-yildan boshlab Turkiyaning Gʼozt Bayram Valiy, Egey va Qoradengiz universitetlari bilan ilmiy-ijodiy hamkorlik tashkil etilib, hamkorlik shartnomalari imzolangan.

Диққат! Агар сиз сайтда хатоликларни аниқласангиз, уларни белгилаб Ctrl+Enterтугмасини босинг.

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: