“Trastbank” MasterCard bilan hamkorlikda oʻtkazayotgan aksiyasining sovrindorlari aniqlandi

“Trastbank” MasterCard bilan hamkorlikda oʻtkazayotgan aksiyasining sovrindorlari va bosh sovrin – “Chevrolet Cobalt” aniqlandi.

“Trastbank” MasterCard bilan hamkorlikda 2021-yil noyabr oyida “Trastbank bilan birga boʻling va sovgʻaga ega boʻling” aksiyasiga start bergan edi. Unda 2 ming nafarga yaqin yurtdoshlarimiz ishtirok etdi. Bugungi kunga qadar 60 nafar hamyurtimiz gʻoliblikni qoʻlga kiritib, bir qator qimmatbaho sovgʻalarga ega boʻldi.

Bugun Aksiyaning oxirgi bosqichida 16 nafar hamyurtimiz qimmatbaho sovgʻalarni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, bosh sovrin – “Chevrolet Cobalt” avtomobili Bankning Amaliyot boshqarmasi mijozi Andrian Georgiyevga nasib etdi.

Qolaversa, bu jarayon Bankning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida onlayn namoyish etildi. Bu esa Aksiya shaffof va odilona tarzda oʻtkazilganidan dalolat.

Tadbirda qatnashgan bir guruh yurtdoshlarimizga ham Bankning esdalik sovg’alari topshirildi.

Диққат! Агар сиз сайтда хатоликларни аниқласангиз, уларни белгилаб Ctrl+Enterтугмасини босинг.

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: