Ular hali ham ko’plab savollar va tortishuvlarga sabab bolmoqda: ibodatxonalar, piramidalar, yo’qolgan shaharlar. Qadimgi odamlarning noyob eslatmalari va ko’plab qiziqarli sirlar nafaqat yer yuzida, balki yer ostida ham saqlanib qolgan.
Turkiyadagi Derinkuyu er osti shahri. Ushbu ko’p qavatli shaharning aniq yoshi fan uchun sir bo’lib qolmoqda. Derinkuyu eng murakkab yaratilgan yer osti shaharlaridan biri hisoblanadi. Qadimgi shahar oltmish metr yer ostida cho’zilib ketgan va bu ulkan hududga 20 mingga yaqin odam sig’ishi mumkin. Derinkuyu hududida nafaqat turar-joy, balki vino, moy idishlari va diniy asori-atiqalar saqlanadigan omborxonalar ham topilgan.
Derinkuyu yana bir qadimiy shahar Qaymakli bilan bog’langan. Sakkiz kilometrlik tunnel orqali aholi bir shahardan boshqasiga ko‘chib o‘tishi mumkin bo`lgan.
Qadimiy Kaymakli shahri. Bu ulug’vor shahar ham Markaziy Anadolida joylashgan. Taxminlarga ko’ra, birinchi g’orlar yumshoq vulqon qoyalariga o’yilgan, ammo vaqt o’tishi bilan Kaymakli kattagina hajmga borib yetgan. Hozirgacha bu yer osti shahridan yuzga yaqin tunnel topilgan. Unda hayot uchun zarur bo’lgan barcha xonalar joylashgan: podvallar, omborlar, ularning ba’zilari hali ham ishlatilmoqda. Qaymakli g’orlari Derinkuyudan farqli ravishda biroz qiyalikka ega. Bugungi kunda Kaymaklining to’rt qavati sayyohlar uchun ochiq.
Qadimgi O’zkonak shahri. Bu shahar Anadoludagi Idis tog’ining shimoliy yonbag’ridagi vulqon qoyasida o’yilib barpo etilgan. Derinkuyu va Kaymaklidan farqli o’laroq, shahar maydonlari tunnellar bilan bog’langan. O‘zqo‘noq qirq metr pastga tushadi. Qadimda bu yerda 60 minggacha aholi yashashi mumkin edi. Shaharning qurilishining aniq sanalari ham noma`lum. Taxminan uning gullagan davri Kapadokiya Vizantiya hukmronligi ostida bo’lgan davrga to’g’ri keladi. Shahar tubiga o’nta qavat orqali pastga tushib boriladi. Barcha xonalar shamollatish tizimi bilan jihozlangan. Ko’pgina shunga o’xshash shaharlarda bo’lgani kabi O’zqo’noqda ham yer osti qudug’i, vino zavodi va inson hayoti uchun zarur bo’lgan barcha binolar mavjud edi.
Qadimgi tsivilizatsiyalarning yer osti shaharlari hali ham o’rganilmoqda, ularning qurilish sirlari hali ham bahs-munozaralar va taxminlar mavzusi bo`lib qolmoqda.
Manzura BEKJONOVA
Ўхшаш хабарлар
-
“ШАРҚ РЕНЕССАНСИ ФЕНОМЕНИ: САЛТАНАТЛАР, ДИНЛАР, ШАХСЛАР ВА ТАМАДДУНЛАР”
-
Туркиянинг спелеотуризм имкониятлари
-
Yevroosiyo Tog’ Kurortlari Ittifoqi o’z safini kengaytirmoqda
-
Turkiyaning noqonuniy migratsiya va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan gumanitar fojeaga qarshi kurashi
-
Фарғона — Баткен: икки вилоят ўртасида туризм қандай ривожланмоқда?