Turkiyaning noqonuniy migratsiya va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan gumanitar fojeaga qarshi kurashi

Turkiyaning xalqaro noqonuniy migratsiya va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan gumanitar fojeaga qarshi kurashi to’xtovsiz davom etmoqda.

Xususan Egey va O’rta yer dengizida Yevropa va ayniqsa, Gretsiya tomonidan e’tibordan chetda qolgan va hatto turli aralashuvlar bilan hayotiy muammoga aylangan immigratsiya muammosiga qarshi Turkiyaning insonparvarlik yordami va kurashi uzluksiz davom etmoqda.

Turkiya Respublikasi ICHKI IShLAR VAZIRLIGI Sohil xavfsizlik qo’mondonligidan olingan ma’lumotlarga ko’ra, faqat 1 iyul holati bilan, yunon kuchlari tomonidan Turkiyaning hududiy suvlariga surilgan rezina qayiqlarda Chanoqqal’a qirg’oqlarida 37, boshqa vaqt bilan 47, Izmirda 11, 2-iyul holatiga ko’ra, Chanoqqal’a qirg’oqlarida yana 84, oxirgi haftaga qarasak, 25- iyunda 14, 26- iyunda 99,  27- iyunda 48, 28-iyun kuni 57 nafar noqonuniy muhojirlar qutqarilgani haqida xabar berilgan edi.

Shunga ko‘ra, birgina o‘tgan haftaning o‘zida Egey dengizida Turkiya Sohil xavfsizlik xizmati tomonidan 400 dan ortiq noqonuniy muhojir qutqarildi.

Egey dengizida 1-yanvardan 31-maygacha yunon kuchlari tomonidan Turkiya hududiy suvlariga qaytarilgan 8678 noqonuniy muhojir quruqlikka chiqarildi.

https://www.aa.com.tr/tr/gundem/ege-denizinde-geri-itilen-duzensiz-gocmenler-icin-kurtarma-operasyonlari-suruyor/2917381

https://www.sg.gov.tr/canakkale-aciklarinda-37-duzensiz-gocmen-kurtarilmistir-02-07-2023-

2020-2023 yillarda «orqaga qaytarish» vaqealari va qutqarilgan odamlar soni bo’yicha rasmiy raqamlar quyidagi havolada ko’rsatilgan:

https://sg.gov.tr/geritmeler

 

Диққат! Агар сиз сайтда хатоликларни аниқласангиз, уларни белгилаб Ctrl+Enterтугмасини босинг.

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: