
Tadbirda taniqli publitsist, «Xalq gazetasi»ning maxsus muxbiri Qulu Kengarli tartibqilgan «Qalbimiz bir uradi» almanaxi, «Adabiy va abadiyko‘prik» antologiyasi, shuningdek, «O‘tmish unutilmagandatarixga aylanadi» hamda «Ikki xalqning farzandi: FirudinSafarov» kitoblari jamoatchilikka taqdim etildi.

Marosimni kirish so‘zi bilan ochgan Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Akif Marifli Ozarbayjon va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik, qardoshlik va ma’naviy yaqinlik chuqur tarixiy ildizlarga ega ekanini ta’kidladi. Nutq davomida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti janob Ilhom Aliyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti janob Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va alohida e’tibori tufayli ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik, jumladan, madaniy-gumanitar hamkorlik izchil rivojlanayotgani alohida qayd etildi. Shu nuqtai nazardan, muallifning taqdim etilgan nashrlari Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi adabiy-madaniy aloqalarni tizimli ravishdatadqiq etish, umumiy tarixiy xotirani asrab-avaylash, shuningdek, ikki qardosh xalqning adabiyot, san’at vamadaniyat namoyandalarini keng kitobxonlar auditoriyasiga tanitish nuqtai nazaridan muhim ilmiy-publitsistik qiymatga ega ekani ta’kidlandi.


Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston adabiy jamoatchiligi vakillari Munavvara Usmonova, Abdulla Vaxsh, Nurxon Elmirzayeva va Manzura Baxtiyor taqdim etilgan nashrlar Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi adabiy-madaniy munosabatlarning boy mazmunini o‘zida aks ettirishini qayd etdilar. Ular ushbu nashrlar nafaqat adabiy hodisa, balki Ozarbayjon–O‘zbekiston do‘stligi, ma’naviy yaqinligi va gumanitar hamkorligini mustahkamlovchi muhim madaniy hissa ekanini ta’kidladilar.

Nashrlarning muallifi va muharriri Qulu Kengarli o‘zchiqishida kitoblarning yaratilish jarayoni haqida so‘z yuritar ekan, ko‘p yillik kuzatuvlar, ilmiy izlanishlar vaadabiy aloqalarga bo‘lgan chuqur qiziqish natijasida yaratilgan ushbu nashrlar ikki qardosh xalq o‘rtasidagi so‘zva san’at ko‘prigini yanada mustahkamlashga xizmatqilishini qayd etdi. U taqdim etilgan kitoblar kelajak avlodlar uchun Ozarbayjon–O‘zbekiston adabiy-madaniy munosabatlarini o‘rganishda qimmatli manba sifatidaalohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, «Qalbimiz bir uradi» almanaxida zamonaviy o‘zbek adabiyotining 36 nafar vakilining ozarbayjon tiliga tarjima qilingan she’rlari, «Adabiy vaabadiy ko‘prik» antologiyasida esa 11 nafar ozarbayjon va 11 nafar o‘zbek shoirining she’riy namunalari o‘rin olgan. «O‘tmish unutilmaganda tarixga aylanadi» kitobi taqdiri Markaziy Osiyo bilan bog‘liq bo‘lgan ozarbayjonliklarning hayot yo‘liga, «Ikki xalqning farzandi: Firudin Safarov» nashri esa taniqli opera rejissyori Firudin Safarov ijodiga bag‘ishlangan.
Umuman olganda, taqdim etilgan nashrlar Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi adabiy aloqalarni kengaytirish, madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash hamdao‘zaro ijodiy almashinuvni rivojlantirishga muhim hissa qo‘shgani ta’kidlandi.