Diyarbakir — Turkiyaning janubi-sharqidagi Dajla daryosi boʻyida joylashgan shahar va tuman, Diyorbakir viloyatning maʼmuriy markazi. Shimoliy Kurdiston va umuman Kurdistonning norasmiy poytaxti hisoblanadi.
Diyarbakir shahar devorlari buyuk Xitoy devori va Istanbul devoridan keyin dunyodagi eng uzun, eng keng va eng mustahkam devorlardandir. Diyarbakir devorlari, shuningdek, Buyuk Xitoy devoridan keyin koinotdan ko‘rish mumkin bo’lgan dunyodagi ikkinchi eng yirik tarixiy inshoot hisoblanadi.
Diyarbakir qal’asi ikki qismdan, ichki qal’a va tashqi qal’adan iborat.
Qal’aning to’rtta asosiy darvozasi bo’lib, shimolda Dag’ Kapi (Harput darvozasi), gʻarbda Urfa (Yunon darvozasi), janubda Mardin darvozasi, sharqda esa Yangi darvozalari mavjud.
Tahminan, to’qqiz ming yillik tarixga ega bo`lgan Diyarbakir shahar devorlari 2015-yilda YUNESKO tomonidan Butunjahon merosi obʼyekti sifatida roʻyxatga olingan.
Shahar devorlarining parametri, taxminan, 5200 metrni tashkil qiladi. Ich qal’a bilan birga istehkom devorlarining umumiy uzunligi, taxminan, 5800 metrni tashkil qiladi. Taqriban, 645 metr shahar devorlari turli sabablarga ko’ra buzib tashlangan. Diyarbakirdagi qal’alar aylana, to’rtburchak yoki ko’pburchak shaklida bunyod etilgan. Qal’ada 82 ta minora mavjud. Relyefga mos ravishda qurilgan devorlarning balandligi 10-12 metrni, eni esa 3-5 metrni tashkil qiladi.
Diyarbakir qal’asi butun shaharni o’rab turgan devor shaklida qurilgan. Qal’a bilan birgalikda mudofaa maqsadida qurilgan devorlar eramizdan avvalgi 4-mingyillikda atrofida mintaqaning mahalliy xalqi Hurilar tomonidan qurilgani taxmin qilinadi. Qal’a, keyinchalik Vizantiya imperatori Konstantin tomonidan ta’mirlangan.
Har shahardagi binoning o’z tarixi bo’lgani kabi bu minoralarning ham o’z afsonalari bor. Unga ko’ra, usta va uning shogirdi kim eng chiroyli imorat qurishga garov o’ynashadi. Devorlarning janubiy tomonida «Yetti aka-uka’’ qal’asini qurgan usta va uning yaqinidagi qal’ani qurgan shogird omma oldida: «G’olib menmi yoki sizmi?» — deb so’raydi. Biroq, usta shogird san’atining ustunligini tan oladi va o’zini devordan tashlaydi. Ustaning o‘limiga chiday olmagan shogirdi ham uning orqasidan sakraydi. Raqobat va do’stlik bilan yo’g’rilgan usta va shogirdning hikoyasi sodir bo’lgan joy Ben-u Sen nomi bilan mashhur bo’lib, u «Men va Sen» degan ma’noni anglatadi.
Diyarbakirga kelganda shahar devorlarini albatta ko’rish kerak. Siz shaxsiy avtomobilingiz yoki jamoat transporti yordamida Diyarbakir shahar devorlariga osongina borishingiz mumkin. Shuningdek, qal’ada joylashgan kafelarda dam olib, choy va qahvani ho’plab zavqlanishingiz mumkin.
Ўхшаш хабарлар
-
“ШАРҚ РЕНЕССАНСИ ФЕНОМЕНИ: САЛТАНАТЛАР, ДИНЛАР, ШАХСЛАР ВА ТАМАДДУНЛАР”
-
Туркиянинг спелеотуризм имкониятлари
-
Yevroosiyo Tog’ Kurortlari Ittifoqi o’z safini kengaytirmoqda
-
Turkiyaning noqonuniy migratsiya va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan gumanitar fojeaga qarshi kurashi
-
Фарғона — Баткен: икки вилоят ўртасида туризм қандай ривожланмоқда?