Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash «Ulug‘bek» jamg‘armasi, Innovasion rivojlanish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamkorligida 16-25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun «MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI» respublika tanlovi e’lon qilindi.
Tanlovda yosh iqtidorlardan:
✔️O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lishi;
✔️Aniq bir g‘oya yoki loyihaga ega bo‘lishi;
✔️IQ test natijasi 110 balldan past bo‘lmasligi;
✔️Turli tanlovlarda g‘olib bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom, sertifikat yoki tavsiyanomaga ega bo‘lishi so‘ralgan.
Uch bosqichdan iborat tanlovning birinchi bosqichi joriy yilning fevral-mart oylarida tuman (shahar)larda bo`lib o`tishi belgilangan. Jumladan:
✅ Andijon viloyati — Jalaquduq tumani;
✅ Andijon viloyati — Xo`jaobod tumani;
✅ Farg`ona viloyati — Quva tumani;
✅ Jizzax viloyati — Baxmal tumani;
Har bitta tumandan eng yaxshi deb topilgan 5 ta loyiha tanlovning viloyat bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritadi va BHMning 5 barobari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Yurtimizning chekka hududlaridan yosh iqtidorlarni kashf qilish maqsadida o‘tkazilayotgan ushbu tanlov orqali iste’dodli yoshlar bosqichma-bosqich saralab olinmoqda.
Tanlov haqida batafsil ma’lumot :https://t.me/milliyofis
Ўхшаш хабарлар
-
Америкалик муҳандис Темурийлар даврини виртуал реалликда яратмоқчи
-
КИБЕР ЖИНОЯТЧИЛИК ҲУЖУМИДАН ЭҲТИЁТ БЎЛИНГ
-
МАДАНИЙ МЕРОС ҲАФТАЛИГИ ДОИРАСИДА ҚУРЪОН КУНИ БЎЛИБ ЎТДИ
-
Гендер тенгликни таъминлашда фуқаролик жамияти ролини кучайтириш лойиҳаси амалга оширилмоқда
-
Янги Ўзбекистон тараққиётининг ягона ва тўғри йўли