Markaziy Osiyo davlatlarining bir guruh jurnalistlari safida Turkiyaning Bayburt shahrida bo`ladigan san`at festivaliga tashrif buyurdik. Oldin Turkiya deganda ko’z o’ngimga Istambul, Ankara shaharlari kelardi. Chunki tele va radio efir orqali ko’pincha yirik megapolis shaharlar haqidagi ko’rsatuvlarni ko’ramiz. Insoniyat jamiyati taraqqiy topib, yasama go’zalliklar, bo’rttirma timsollar ko’paygani sayin ko’ngil tabiiylikka, samimiylikka, asl qiyofalarga ehtiyoj sezmoqda. Bularning baini biz Baybutrda uchratdik.
Bayburt Turkiyaning chekka provinsiyalaridan biri bo’lishiga qaramasdan bu viloyatni uning yuragi deyish mumkin. Chunki bu yerda xalqning tarixi, azali, qadriyatlari, ruhiyati asl qiyofada saqlanib qolgan.
Biz Istambul va Anqaradan tranzit yo’llar bilan o’tib ketdik ammo Bayburtning toza ob-havosini to’la his qildik: suvidan ichdik, taomlaridan tatib ko’rdik, insonlari bilan qo’l berib ko’rishdik, dildan suhbatlashdik, bir-birimizni tarjimasiz angladik… Endi Turkiya deganda ko’z oldimizda Bayburt manzaralari gavdalanadi.
Markaziy Osiyo xalqlari og’zaki ijodida o’z dostonlari bilan munosib o’rin egallagan baxshi, buyuk yozuvchi Dada Qurqut nomidagi Baykurt (Qurqut ota) san’at festivaliga tashrif bilan bog’liq voqealar qardosh xalqlar jurnalistlarida unutilmas taassurotlar qoldirdi. Ular kelgusida yozilajak ko’plab maqolalar va ko’rsatuvlarga muhim manba bo’lib xizmat qiladi.
(Dada Qurqut xotirasiga bag`ishlangan festival va undan olgan taasurotlarimiz haqida keyingi maqqolalarda batafsil yozamiz).