Mustaqillik bergan imkoniyatlar

Vatan! Ushbu so`zni eshitgan inson borki yurtimizda o’sib kelayotgan murg`ak qalblarni, odamlarga to`la gavjum ko`chalarimizni, baland-baland ko`rkam imoratlaru bepоyon qir-adirlar, bog`-u rog`larni ko`z oldiga keltiradi. Shu ona zamin, tabiati kundan-kun chiroy ochib kelayotgan qutlug` yurt farzandi ekanligimdan g`ururlanaman, faxrlanaman. Mustaqillik yillarida ta`lim olib, bugungi kunda vatanim uchun komil inson tarbiyalshda o`z hissamni qo`shib kelayotganimdan, yosh avlodga ta`lim berishdek ulug` kasb egasi “Ustoz“ bo`lganimdan sevinaman.

Bugungi kunda Toshkent Viloyatining Quyi Chirchiq tumanidagi 33-umumiy o‘rta ta`lim maktabida o`z samarali mehnat faoliyatimni olib bormoqdaman. Pedagogik faoliyatim davomida Yurtboshimizning biz ustozlarga yaratib berayotgan imkoniyatlaridan foydalanib kasb mahoratimni yanada oshirib, yosh avlodga bilim berib kelmoqdaman. Fan olimpiadalariga o`quvchilarimni munosib tayyorlab yuqori natijalarni qo`lga kiritmoqdamiz. Mehnatlarimiz samarasi o`z mevasini bermoqda. Misol uchun o`quvchim Nozima Rahmonaliyeva  o‘zining tirishqoqligi tufayli, qolaversa tinimsiz shug`ullanganlarimiz samarasi — oliy o`quv yurtiga davlat granti asosida o`qishga kirdi. Yildan-yilga o`quvchilarimning yutuqlari ko`payib,mening ham mehnatim yuzaga chiqa boshladi.

2021 –yilda tuman olimpiadasi bosqichida 1-o`rinni olib, viloyatda ham munosib qatnashgan va yuqori ball olgan o`quvchim Zebo Abdumalikova maktabni oltin medalga tamomladi.  U oliy o`quv yurtiga kirish sinovlarida 156 ball bilan test topshirdi. Biz bugungi kunda davlat test markazidan uning imtihon natijalarini kutmoqdamiz.

Navbatdagi yutuqlarimdan biri 2020-yil Prezidentimiz tashabbusi bilan yo`lga qo`yilgan “El yurt umidi“ tanlovida munosib qatnashib, 1-va 2- turda g`oliblikni qo`lga kiritdim. Bu esa o`z tajribalarimni yanada oshirishimga zamin yaratdi desam mubolag`a bo`lmaydi.

Tumanda tashkil etilgan mahorat maktablarida seminarlarda o`tgan ochiq darslarim pedagog xodimlarga tuman metodisti Saidburxon Ismoilovga, viloyat metodisti Oydinoy Qodirovalarga juda ham ma’qul bo`ldi. Ish faoliyatim namunali deb topilib, ilg`or ish tajribam tuman miqiyosida ”Vitaminlar“, “Baliqlarning tashqi tuzilishi” mavzularidagi metodik tavsiyalarim muvaffaqiyatli ommalashtirildi, so`ng “O`simliklarning nafas olishi va oziqlanishi”, «Yuksak o`simliklar”,» Baliqlarning ichki tuzilishi” mavzularidagi metodik tavsiyalarim viloyat miqyosiga tavsiya etildi.

Joriy yilda tanlovning respublika bosqichining birirnchi turida “Ekologiya va atrof muhit” mavzusidagi metodik tavsiyam bilan muvaffaqiyatli ishtirok etganim ham o`z yutuqlarimdan ilhom olib, yanada olg`a qadam tashlashga, yuqori cho`qqilarni zabt etishni maqsad qilishga undamoqda.

Kamola XODJIMATOVA,

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi 33-umumta`lim maktabining biologiya fani o`qituvchisi.

Диққат! Агар сиз сайтда хатоликларни аниқласангиз, уларни белгилаб Ctrl+Enterтугмасини босинг.

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: