«Butun dashtni qoplar sanoqsiz gullar, aslida, bu gulmas yashirin sirlar…»

Mehriniso QUDRATOVA,

»Ipak yöli» turizm xalqaro universitetining 1-bosqich talabasi

 

Bo‘tako‘zim

Kapalak bo‘lsamda,

qanotim qoqib,

Bir lahzada ruhim bo‘lsaydi paydo.

Yastanib yotgan ul dashtning ichida,

Shundayin bir gul bor,

men unga shaydo.

Siz haqsiz, gullar ko‘p, barisi suluv,

O‘z ifori bordir, o‘zgacha ro‘yi.

Har biri chiroyda cheksiz mislsiz,

Lek, ko‘ngildan ketmas moviy gul o‘yi.

Butun dashtni qoplar sanoqsiz gullar…

(Aslida, bu gulmas yashirin sirlar).

Eh gulim, men uchun tanhosan-yakka,

Eng uzoqda turgan yaqin yurakka.

Ko‘rmasdan kutishni o‘rgatding o‘zing,

Kuymasdan kulishni o‘rgatgin o‘zing.

O, ko‘kish chechagim, ko‘zim yo‘lingda

Rostini ayt, ko‘zing ko‘kdami sening?

Chashmi osmonim, ayt xayoling kimda?

Barin so‘zla, nedir sening tilaging?

Ey yel, ko‘z yoshimni eltginda,

yomg‘ir qilib quy,

To‘ldirgin gulimning har bir qadahin.

Yangrasin u yerda baxt atalgan kuy,

Bilmasin u aslo qalbim alamin….

Chin-Mochin chinnisidek shikasta dilni

Sen aslo o‘ylama, xandon otib kul.

Bir kun unutasan zimiston yilni,

Bahoring senga bo‘lib qolar qul.

Kul,

Kul gulim,

Sen faqatgina kul…

 

Turtki satrlar

Eng dahshatli sukunat —

Shoir jim yursa
(Xurshid Davron)

Turtkilaydi qölimni
dildagi satrim,
Titrab-titrab tökilar
qoldirmay qadrim,
Yal-yal yongan andisham
yuzin yashirdim,
Nazm, berk darvozang och,
qolmadi sabrim.

Sabr qildim, tolmadim hech
topmoqqa bardosh,
Bardosh bergan ataldi
tilsiz, bağritosh,
Toshib-toshib ketdi-ku
xandon közdan yosh,
Yoshlikda ğoyib bergan
She’rim, sen— sirdosh.

Qalbdan bino qilingan
imoratdirsan,
Saralanib siylangan
bir davlatdirsan,
Shakli, röyi noma’lum
ajib xilqatsan,
Alloh bergan qalbimga
omonatdirsan.

Tavba qildim, kechir meni
kuttirdim kunlar,
Oxir özing tashna dilni
tirnading tunlar,
Böldi, tinch qöy ruhni, bas,
ozoring yetar,
Qöldan tutgin, bitaver,
betakror she’rlar.

 

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT 

Bobur tuğilgan diyor

Temuriyning vatani.

Dunyoni lol qoldirgan

Alisherning qalami.

Shunday beğubor yurtni

Yovdan asramoq kerak

Jaholatga qarshi bil

Faqat ma’rifat kerak.

 

Özligini unutib

Xor-u zor bölganlar bor.

Yurtin qöyib xorijda

Qancha sargandonlar bor.

Bunga qarshi ayting-chi

Yana ne qilmoq kerak?

Jaholatga qarshi bil

Faqat ma’rifat kerak.

 

»Tinchlik» degan nomni

Qadrla, inim,

Urush bo’lmasligin

Istasang, do’stim.

Atrofingga boqgin

Doimo segak.

Jaholatga qarshi bil

Faqat ma’rifat kerak.

 

Диққат! Агар сиз сайтда хатоликларни аниқласангиз, уларни белгилаб Ctrl+Enterтугмасини босинг.

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: