Turkiya O’zbekistonga sog’liqni saqlash sohasida insonparvarlik yordami beradi.
Bu borada 8 oktabr kuni ikki mamlakat rahbarlari o’rtasida bitim imzolandi.
Turkiya tomoni O’zbekistonga 200 ming dozada COVID-19 vaksinasini yuboradi. Qaysi vaksinalar olib kelinishi ma’lum qilinmagan.
Bundan tashqari, 20 ming dona «Favipiravir» preparati ham yuboriladi.
Shartnoma O’zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchisi Alisher Agzamxo’jaev va Turkiya Respublikasi sog’liqni saqlash vazirining o’rinbosari Xalil Eldemir tomonidan imzolandi.
Vaksinalar va dori -darmonlar partiyasi Turkiya tomonining do’stligi va xayrixohligi belgisi sifatida taqdim etilmoqda.