Xorijdagi yurtdoshlarimiz va O‘zbekiston xalqiga qiziqqan chet eldagi do‘stlar diqqatiga! Serquyosh O‘zbekistonning vodiy tog‘lari, betakror shabbodasi, sharqiroq soylari, qadim tarixi, ko‘pmillatli xalqining milliy an’analari va urf–odatlari hamda bugungi islohotlari haqida qanchalik xabardorsiz? Agar Siz O‘zbekiston haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz unda ushbu tanlov aynan Siz uchun!
«Siz O‘zbekistonni bilasizmi?» xalqaro onlayn-viktorinasi bilimingizni sinash uchun yaxshi imkoniyatni taqdim etadi. Onlayn viktorinada xorijdagi vatandoshlar va O‘zbekiston hayotiga qiziqqan chet ellik fuqarolar ham ishtirok etishi mumkin.
Tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad – xorijda Vatanimiz tarixi, madaniy-ma’naviy merosi, umumbashariy sivilizatsiya va ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini keng targ‘ib etish, vatandoshlarimiz va chet el fuqarolarini yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyasiga asoslangan islohotlar samarasi bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
Onlayn viktorinaning birinchi bosqichi joriy yilning 20 — 30 may kunlari 13 ta xorijiy mamlakatlar xususan: Belgiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Litva, Luksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Finlyandiya, Fransiya va Estoniya davlatlarida istiqomat qilayotgan vatandoshlar hamda chet el fuqarolari o‘rtasida tashkil etiladi.
Har bir mamlakatdan birinchi o‘rinni egallagan ishtirokchilar O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga 10 kunlik sayohat hamda esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanadi. Keyingi 2-10 o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar ham qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Viktorina haqidagi batafsil ma’lumotni www.vatandoshlarfondi.uz veb-sayti hamda tanlovda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan vatandoshlar istiqomat qilayotgan xorijiy davlatlardagi mamlakatimizning diplomatik vakolatxonalari veb saytlari, shuningdek ularning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan olishingiz mumkin.
Ўхшаш хабарлар
-
Америкалик муҳандис Темурийлар даврини виртуал реалликда яратмоқчи
-
КИБЕР ЖИНОЯТЧИЛИК ҲУЖУМИДАН ЭҲТИЁТ БЎЛИНГ
-
МАДАНИЙ МЕРОС ҲАФТАЛИГИ ДОИРАСИДА ҚУРЪОН КУНИ БЎЛИБ ЎТДИ
-
Гендер тенгликни таъминлашда фуқаролик жамияти ролини кучайтириш лойиҳаси амалга оширилмоқда
-
Янги Ўзбекистон тараққиётининг ягона ва тўғри йўли