Bu haqda Turkiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi Axborot xizmati xabar berdi.
Turkiy tilli mamlakatlar Parlament Assambleyasi (TURKPA) strategiyasini 4 yil davomida Turkiya amalga oshiradi.
Turk dunyosining eng muhim tashkilotlaridan biri bo’lgan Turkiy tilli mamlakatlar Parlament Assambleyasining (TURKPA) Bosh kotibyatini bu yıldan boshlab 4 yil mobaynida Turkiya amalga oshiradi. Ushbu lavozimga Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafo Shentopning taklifiga binoan «Turkshunoslik bo’yicha mutaxassis» bo’lgan inson tanlandi.
2019-2021 yillarda Turkiyaning O’zbekistondagi elchisi bo’lgan Mehmet Sureyya Er, X Bosh Assambleyada Turkistonda TURKPA Bosh kotibi etib tayinlandi.
Janob Er to’rt yil davomida TURKPA kuzatishi kerak bo’lgan strategiyalarni amalga oshiradi. U, 2023 yılgacha umumiy asoslarni ko’paytirish va hamkorlik imkoniyatlarini rivojlantirish rejasini tayyorlaydi va uni TURKPAga a’zo davlatlar parlamenti raislariga taqdim etadi.