Bugun — 13 oktyabr tongida Istanbul – Toshkent THY reysi bilan O’zbekistonga qardosh Turkiya hukumati tomonidan «Covid-19″ga qarshi emlash ishlari uchun ko`mak sifatida «Sinovak» vaksinasining 200 ming dozasi shuningdek, 20 ming quti «Favipiravir» dori preparati yuborildi.
Ushbu beg’araz yordam partiyasi Turkiya Respublikasining elchisi Olgan Bekar, elchixona matbuot maslahatchisi Hamdi Turshudju tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligiga topshirildi.
Marosimda ko’plab OAV vakillari ishtirok etdi. Har ikki mamlakat vakillari sog’liqni saqlash sohasidagi mazkur yordamning qardoshligimizni, hamkorligimizni yanada mustahkamlashga hissa qo’shishini qayd etdilar.