Turkiyaning mashhur shirinliklaridan biri bo‘lgan xo‘shmerim, pishloq qo‘shib tayyorlanishi bilan boshqa shirinliklardan ajralib turadi.
Turkiyaning asosan Balikesir viloyatiga xos bo‘lishiga qaramasdan Bursa, Chanoqqalʼa, Tekirdag‘, Qirklareli va Izmitviloyatlari aholisi tomonidan ham mohirlik bilan tayyorlanadigan xo‘shmerim shirinligi tuzsiz pishloq, yog‘li qaymoq, sariyog‘, shakar, un, suv, tuxum va juda oz miqdorda tuzni qovurish orqali tayyorlanadi.
Ustiga uzum shinnisi quyilgan holda dasturxonga tortiladigan xo‘shmerim shirinligini shuningdek shinnisiz yoki ustiga sut quygan holda ham tanovul qilish mumkin. Tayyorlash usuli bir xil bo‘lsada, dasturxonga tortiq qilish usuli farqli bo‘lgan bu shirinlikni barcha o‘z taʼbiga qarab turli shakllarda isteʼmol qiladi.
Usmoniylar davrida ham maʼlum va mashhur bo‘lgan xo‘shmerim shirinligining tarixiga oid eng qadimgi maʼlumotlar Turk sayohatchisi Avliyo Chalabiy tomonidan qalamga olingan “Sayohatlar” asarida o‘rin olgan bo‘lib, asarda «Xo‘shmerim, Balikesirga kelib joylashgan ilk Turkman ko‘chmanchilar tomonidan tayyorlanganligi” aytiladi.
Yillar davomida anʼanaviy turk shirinliklari qatoridan o‘rin olgan xo’shmerim, asosan Balikesir, Qoradengiz va Markaziy Anatoliya oshxonalarida tayyorlansa ham, ishlab chiqarish va yetkazib berish imkoniyatlari rivojlanganligi sababli, Turkiyaning har bir viloyatiga kirib borgan va aholi tomonidan sevib tanavul qilinadigan mashhur shirinlikga aylandi.
O‘tmishda, yangi farzand ko‘rganligi sababli 40 kun davomida suv isteʼmol qilmagan ayollarni ko‘rgani kelgan mehmonlar, o‘zlari bilan xo‘shmerim shirinligi va sut olib kelishgan.