Universitet 2018-yilning 24-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etilgan.
OTMda darslar kundizgi, kechki va sirtqi taʼlim shaklida olib boriladi. Oliygohda talabalar uchun magistratura bosqichi ham mavjud boʻlib, iqtidorli talabalarga tajribali ustozlar tomonidan dars oʻtiladi. Jurnalistika Universiteti rektori- siyosiy fanlar nomzodi, professor Sherzodxon Qudratxoʻja, OTMda 4 ta fakultetda 18 ta yoʻnalishlar mavjud.
Men ham ushbu Universitetning Internet jurnalistika va mediamenejment fakulteti, iqtisodiy jurnalistika yoʻnalishi talabasiman. Maktab davridan jurnalistikaga qiziqar edim, shu bois Jurnalistika universitetiga kirishga qaror qildim. Hozirda 1-bosqich talabasiman.
Universitetda talabalarning ilm olishlari uchun barcha sharoitlar bor. Bundan tashqari biz oʻzimiz xohlagan OAVda amaliyot oʻtashimiz ham mumkin. Men ham ustozlarimning maslahatlariga koʼra amaliyotimni o’zining ko’p sonli auditoriyasiga ega “Darakchi” gazetasida oʻtashga qaror qildim. Bu yerda universitetda oʻrganayotgan nazariy bilimlarimni amaliyotda qoʻllayapman va mustahkamlayapman.
Barchani — Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar Universiteti oʻqituvchi va talabalarni universitetimizning 6 yilligi bilan tabriklayman.
Jaloliddin Dadaboyev