Bobur tavalludining 539 yilligi keng nishonlandi

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani 7-umumiy o’rta ta’lim maktabida Alisher Navoiy tavalludining 581yiligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirga O’zbekiston yozuvchilar uyushmasining a’zosi, shoira Nargiza Asadova hamda uning shogirdi Abdujabborov Saidakbar tashrif buyurdilar. Nargiza Asadova g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy va shox va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayot va ijodi haqida o’quvchilarga batafsil so`zlab berdi.

Nargiza Asadova o’zining bir qancha sheriy to’plamlaridan tadbir ishtirokchilarini bahramand qildi.

O’quvchilar ham o’zlari yod olgan sher, ruboiy va g’azallaridan aytib berishdi. Nargiza Asadova muloqotda faol ishtirok etgan o’quvchi va o’qituvchilarga kitob va faxriy yorliqlar taqdim etdi.

Rustam IKROMOV, 7-maktabning maʼnaviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Диққат! Агар сиз сайтда хатоликларни аниқласангиз, уларни белгилаб Ctrl+Enterтугмасини босинг.

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: